Xabaringiz bor, 2022-yil 1-maygacha import qilinadigan sitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilingandi.

Senat matbuot xizmatining xabar berishicha, respublikada goʻsht mahsulotlari hamda kartoshkaga boʻlgan talab va narxlar barqarorligini taʼminlash orqali aholi daromadlarini oshirish maqsadida Soliq kodeksiga qoʻshimcha kiritilmoqda.

Xususan, 2021-yil 10-oktyabrdan 2021-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda goʻsht (mol, qoʻy, tovuq), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni soʻyish mahsulotlari, kartoshka hamda muzlatilgan baliqni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish boʻyicha qoʻshimcha norma kiritilmoqda.