Chilonzor tumanida joylashgan biznes markaz auksionga qoʻyildi. Lot 2014-yilda qurilgan, yertoʻla, 3 qavat bino va 41 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 1332,0 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.

Lotning boshlangʻich narxi 5,6 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 30-oktyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 1-noyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Bino ichida joylashgan uskuna va jihozlar, inventar hamda asosiy vositalar savdo qismiga aloqador emas.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.