Oʻzbekistonga kirib kelgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi 9 oyda $5,7 mlrd ni tashkil etdi. Bu Markaziy bankning hisobotidan kelib chiqmoqda.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga ($4,3 mlrd) nisbatan 34,2% ga, 2019-yilning mos davriga ($4,5 mlrd) nisbatan esa 29% ga oʻsgan.

2021-yilning dastlabki 9 oyida eksport hajmi (oltin eksportisiz) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34% ga oʻsgan. Iqtisodiy faollikning jadallashishi va asosiy iqtisodiy tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarining tiklanishi sharoitida joriy yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,7% ga oʻsib, pandemiyadan oldingi darajaga yetgan.

Shuningdek, asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalari almashuv kurslarida ham yil boshidan buyon keskin oʻzgarishlar kuzatilmagani, real samarali almashuv kursi boʻyicha tafovutni yuzaga keltirmagan.