Dunyoning eng boy odami Ilon Mask AQSh hukumatining “milliarderga soliq” loyihasiga qarshi chiqdi. Avvalroq, demokratik partiya AQShda juda koʻp mablagʻga ega shaxslarga maxsus soliqni joriy etishni taklif qilgan edi.

Siyosatchilarning fikricha, boylarning yordami bilan ijtimoiy xarajatlarni qoplashlari mumkin. Hozirgi kunda AQShda 700 dan ortiq milliarderlar soliqlarni boshqa fuqarolarga qaraganda ancha past darajada toʻlaydilar

Avvalroq, AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham “milliarderlarga soliq” gʻoyasini tanqid qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, bunday qarorlar muvaffaqiyatli ishbilarmonlarning boshqa mamlakatlarga koʻchishiga olib keladi va AQShning taqdirini shubha ostiga qoʻyadi.

AQShda milliarderlarining aktivlari sotuvga qadar soliqqa tortilmaydi. Shu bilan birga, boylar oʻz mol-mulklarini banklarga osonlik bilan garovga qoʻyib pul olishlari mumkin, ushbu holda bu kreditlar soliqqa tortilmaydi, chunki bu daromad deb hisoblanmaydi. Butun sxema odatda milliarderning oʻlimi va uning aktivlarining katta qismi merosxoʻrlarga topshirilishi bilan yakunlanadi.

Avvalroq Spot Ilon Mask dunyoning birinchi trillioneriga aylanishi mumkinligi haqida yozgan edi.