Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning boyligi miqdori toʻrt kun ichida $50 mlrd ga koʻpaydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

25-oktabr kuni uning boyligi $252 mlrd deb baholangandi, 29-oktyabrda esa bu koʻrsatkich $302 mlrd ga yetdi. Bu mutlaq jahon rekordi hisoblanadi.

Yil boshidan buyon biznesmenning boyligi $132 mlrd ga koʻpaygan.

Uning boyligi miqdori Tesla kompaniyasi aksiyalari narxi oʻsishi hisobiga oshmoqda.

Avvalroq Ilon Mask AQSh hukumatining “milliarderga soliq” loyihasini tanqid qilgan edi.