“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabariga koʻra, “Toshkent — Xoʻjakent” yoʻnalishida harakatlanadigan 6435-sonli elektropoyezd 29-oktyabrdan soat 13:44 da harakatlanadi.

Shuningdek, “Toshkent — Xoʻjakent” yoʻnalishida harakatlanadigan 6436-sonli elektropoyezd soat 16:20 da harakatlanadi.

Bundan tashqari:

  • “Toshkent — Xoʻjakent” yoʻnalishida harakatlanadigan 6437-sonli elektropoyezd soat 17:00da;
  • “Bekobod — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanadigan 6449-sonli elektropoyezd soat 06:55 da;
  • “Toshkent — Bekobod” yoʻnalishida harakatlanadigan 6450-sonli elektropoyezd 2 noyabrdan boshlab, Xovos stansiyasigacha amaldagi jadval boʻyicha, Xovos stansiyasidan soat 19:37 da harakatlanadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi aytilgan.