Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Unda ushbu davlatlar fuqarolari bo‘lgan joyda ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod qilish nazarda tutilgan.
Bunday shartnoma 21 may kuni Moskvada, 17 iyun kuni esa Toshkentda imzolangan edi.
“Shartnomaning amalga oshirilishi Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi”, — deyiladi qonun loyihasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan tushuntirish xatida.
Hozirda Belarus, Qozog’iston, Tojikiston, Armaniston va Qirg’iziston fuqarolari uchun ham xuddi shunday yondashuv allaqachon mavjud.
Oktyabr oyida bosh vazir Mixail Mishustin O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini Rossiyadagi qurilish kompaniyalarida ishlashga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasi to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.
Taxminlarga ko’ra, 10 ming emlangan migrantlar aniq firmalarga yuboriladi.
RF Qurilish vazirligi rahbari oʻrinbosari Nikita Stasishin bu mamlakatdan mehnat muhojirlari “yirik infratuzilma obyektlari”, jumladan, “Vostochniy” kosmodromida qurilishga jalb etilishini aytdi.