Microsoft dunyodagi eng yirik bozor kapitallashuviga ega kompaniyaga aylandi, deya yozmoqda Reuters. Kompaniya Apple-ni ushbu maqomdan mahrum qildi.

Toshkent vaqti bilan soat 29-oktyabr 19:30 holatiga koʻra, Microsoft kapitallashuvi $2,45 mlrd, Apple-niki esa $2,41 trln ni tashkil qilgan.

Oxirgi ikki hafta ichida asosan Apple aksiyalari oʻsdi. Ammo kompaniya sentyabr oyida yakunlangan chorak natijalarini eʼlon qildi va ular tahlilchilarning prognozlaridan past boʻldi.

Kompaniya 2020-yilning shu davriga nisbatan 29% ga koʻproq — rekord darajadagi $83,4 mlrd daromad oldi. Biroq ekspertlar daromadni $84,85 mlrd kutgan edi.Kompaniya yetkazib berishdagi muammolar tufayli $6 mlrd yoʻqotdi, dedi bosh direktori Tim Kuk. U kompaniya joriy chorakda taʼminot zanjirida yanada katta muammolarni kutayotgani haqida ogohlantirdi.

Kompaniyaning asosiy mahsuloti iPhone sotuvi ham kutilganidan past boʻlib, $38,87 mlrd ni tashkil qildi.

Microsoft aksiyalari, aksincha, juma kungi savdolar davomida deyarli 1% ga qimmatlashib, har bir aksiya uchun $327 ni tashkil qildi. Kompaniya soʻnggi chorakda Apple-dan farqli oʻlaroq, tahlilchilarning kutganidan yaxshiroq natija qayd etildi. Kompaniya daromadi oʻtgan yilga nisbatan 22% ga oʻsdi va $45,32 mlrd ni tashkil qildi.

Apple Qoʻshma Shtatlarda birinchi boʻlib $1 trl kapitallashuvni, keyin esa $2 trln lik dovonni bosib oʻtgan. Microsoft 2020-yilda bozor kapitallashuvi boʻyicha Apple-ni ortda qoldirdi. 2021-yil iyun oyida esa $2 trln lik marrani bosib oʻtdi.