Tadbirkor Ilon Mask “Tesla"ning butun aksiyalarini sotib, mablag‘ni ocharchilikka qarshi kurashga yo‘naltirishi mumkin bo‘lgan shartni aytdi.

“Tesla” va “SpaceX” asoschisi Twitter orqali fikr bildirdi.

Twitter foydalanuvchilaridan birining yozishicha, Xalqaro oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli dunyoning badavlat odamlarini ocharchilikka qarshi kurashga mablag‘ ajratishga chaqirib, olti milliard dollar pul bo‘lsa — muammoga barham berilishini aytgan.

“Agar dastur olti milliard bilan ocharchilikka chek qo‘yishni isbotlasa, hoziroq “Tesla"ning barcha aksiyasini sotib shu ishga yo‘naltiraman”, deb yozadi Ilon Mask.

Ma’lumot uchun: Ilon Mask bugungi kunda dunyoning eng boy odamlari ro’yxatida 1-o'rinni egallab turibdi.

Uning boyligi $315,2 mlrdni tashkil etadi.