Toshkent shahrida subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi.
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan fuqarolarga subsidiya ajratilib kelinadi.
Toshkent shahri uchun tasdiqlangan manzilli dasturga asosan belgilangan subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha shahar komissiyasining ijobiy xulosalari berildi.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 45-bandiga asosan, subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyalarning taqdimnomasiga ko‘ra, subsidiya uchun arizalarni qabul qilish to‘xtatildi.