Meta kompaniyasi Facebook ijtimoiy tarmogʻida yuzni tanib olish tizimidan ortiq foydalanmaydi. Foydalanuvchilarning biometrik maʼlumotlarning yigʻilishi va saqlanishi yuzasidan bildirgan shikoyatlari bunga sabab boʻlgan.
“Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar endilikda fotosuratlar va videotasvirlarda avtomatik tanib olinmaydi. Biz shuningdek, yuzni tanib olish boʻyicha milliarddan ortiq individual shablonlarni ham oʻchiramiz”, — deyilgan kompaniya xabarida.
Avvalroq Facebook foydalanuvchilarga fotosuratlarda belgilanishi mumkin boʻlgan insonlarning variantlarini taqdim etar edi. Bundan tashqari, Facebook-dan roʻyxatdan oʻtganlar oʻz ishtirokidagi fotosurat yoki videoni kimdir eʼlon qilsa, bildirishnoma olishar edi.
Avvalroq Spot Facebook kompaniyasi oʻz nomini Meta-ga oʻzgartirganligi haqida yozgan edi.