Sovrin jamgʻarmasi 55 000 dollar boʻlgan “Open Data Challenge 2021” xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.

Unda ishtirokchilar 2021-yil 3-dekabrdan 5-dekabrgacha ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda onlayn formatda ilovalar ishlab chiqishi kerak.

Bu yil xakaton 4 ta yoʻnalishda oʻtkaziladi: davlat, ijtimoiy va biznes sohalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash.

Ishtirokchilar to‘rt yo‘nalishdan biri bo‘yicha “One Million Uzbek Coders” sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati: 2021-yil 1-dekabr.

Quyidagi havolalar orqali roʻyxatdan oʻting va qimmatbaho pul mukofotlari uchun bellashish imkoniyatiga ega boʻling:

Xakaton va tanlov haqida batafsil.