Oksana Tkachenko,

ANCOR Central Asia kompaniyasi operatsion menedjeri

2018- yildan buyon biz O’zbekistonda vakolatxonasi ochilgan yigirmadan ortiq xalqaro korporatsiyalar uchun xodimlar yig’ishni boshladik.

O’tgan uch yil davomida ish o’rinlari bizning baholashimiz bo’yicha, ko’p marotaba o’sishga erishdi.

Bugungi kunda boshlang’ich tajribaga ega bo’lgan kadrning oylik maoshi $500 ni tashkil etadi. Ammo qimmatli mutaxassisni ishga yollashda bu narx ko’tarilishi va Qozog’istondagi kabi darajaga yetishi mumkin.

Xullas, xalqaro korporatsiyaga ishga joylashish uchun nomzoddan nimalar talab etiladi:

1. Doimiy va ishonchli tajribaga ega bo’lish. Bu ishga yollovchilarning asosiy talabidir. Ammo shunga qaramasdan, xodim izlovchilar ko’p marotaba ish joyini o’zgartirgan nomzodlarning rezumelari bilan ham tanishib chiqishni rad etishmaydi.

Nomzod esa nima uchun ish joyini o’zgartirganligi haqida tushuntirish berib o’tishi kerak bo’ladi.

2. Muvaffaqiyatlarga erishganlik. Yetti yil davomida bitta ish joyda faoliyat yuritib hech qanday o’sish qayd etilmagan bo’lsa, bu tanlov shartlarini biroz og’irlashtiradi.

Kompaniyalar ishga kirishga talabgor shaxslarning qanday muvaffaqiyatlarga erishganligiga ham alohida e’tibor qaratadi.

3. Oliy ma’lumot. Oliy ta’lim muassasasida o’qiganlik har doimgiday muhim ko’rsatgich hisoblanadi. Diplom ish izlochining umumiy ta’lim ko’nikmalari va ish uchun kerakli malakalari borligini bildirib turadigan vosita hisoblanadi.

Ayniqsa Westminster, Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti hamda Turin politexnika, Moskva davlat universitetining bitiruvchilari qadrlanadi.

4. Natijaga yo’naltirilganlik. Nomzod ishdagi natijaga qiziqish bildirishi kerak. Besh yil oldin bu holat savdo ishlari bo’yicha menejerga tegishli bo’lim deya hisoblangan bo’lsa, hozirga kelib hisobchi va ofis- menejer uchun ham muhim omil hisoblanadi.

5. Moslashuvchanlik. Bozorga endigina kirib kelgan xalqaro korporatsiyadagi ish — aniq bo’lmagan shartlar asosidagi faoliyatni anglatadi. Ular uchun bu yangi makon, notanish qonuniyatlar va qoidalar degani. Ular biznesni yo’lga qo’yib olishi va moslashishi uchun vaqt talab etiladi.

Nomzod bunday vaziyatlarda nostandart vazifalarni yechishi va o’zgarishlarga tayyor turishi kerak.

Misol uchun: koronavirus va lokdaunlar davrida xodim ofisdan turib ishlashi mumkin. Vaziyat yomonlashganda esa, rejalarni o’zgartirib, uyda masofadan turib ishlay olishi kerak.

6. Jamoada ishlay olish qobiliyati. Hamkasblari bilan yaxshi munosabat o’rnata olish shaxsiy sifatlari kompaniyalar tomonidan qadrlanadi.

Ideal xodim masofadan turib ishlagan holatida ham, ta’sir kuchini yo’qotmaydi.

7. Chet tillarini bilish. Xalqaro kompaniyalarning bosh ofislari asosan Rossiya, Ukraina, Turkiya va Yevropa davlatlarida joylashgan. Xodimlar o’rtasidagi umumiy qabul qilingan muloqot tili ingliz tilidir.

Buning yordamida chet tilini biladigan nomzod allaqachon shunga o’xshash lavozimdagi xodimlardan 30−50% ko’proq maosh olishi mumkin.

Agar ish izlochi rus, o’zbek va ingliz tillarini yaxshi bilsa, u tom ma’noda qadrli kadrga aylanadi.

Sizga har doim uchta rezyume variantiga ega bo’lishingizni maslahat beraman: o’zbek, rus va ingliz tillarida.

Xalqaro korporatsiyaga ishga kirgan mutaxassislar avvalo sinov bosqichidan o‘tadilar. Odatda u 3−5 bosqichdan va testdan va kichik vazifadan iborat.

Bu juda murakkab jarayon, chunki bir nechta mamlakatlardan turli mutaxassislar jalb qilingan. Misol uchun, bizning kompaniyamiz bitta bo’sh ish o’rniga o’rtacha 70 kishini hisobga oladi va ulardan faqat 5−7 nafari ish beruvchi bilan suhbatga kirishadi.


Avvalroq Spot, qanday qilib to’gri rezume tuzish va bunda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida yozgan edi.