Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan 23,9 ming tonna goʻsht import qilgan.
Goʻsht importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston eng koʻp goʻsht import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Belarus — 16,2 ming tonna
 - Qozogʻiston — 3,5 ming tonna
 - Ukraina — 2,3 ming tonna
 - Rossiya — 606 tonna
 - Moldova — 600 tonna
 
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2021-yilning 9 oyida 1,9 mln tonna goʻsht yetishtirilgan.
                                                    
											
											
											
                            
											
											
											
											