Avvalroq Spot Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi prezidenti oʻrinbosari Im Chjon Xi bilan uchrashganligi haqida yozgan edi.

Uchrashuvda koʻra, KOICA tomonidan Oʻzbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga $4,5 mln grant ajratilishi maʼlum qilingandi.

The Korea Times gazetasida Oʻzbekiston-Koreya munosabatlariga bagʻishlangan maqola chop etildi. Materialda soʻnggi yillarda erishilgan kelishuvlar fonida mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgani qayd etilgan.

Xususan taʼkidlanishicha, tashqi savdo aylanmasi 2016-yildagi $1 mlrd dan 2019-yilda $2,7 mlrd gacha oʻsdi, pandemiya taʼsirida biroz pasayib, 2020-yilda $2,1 mlrd ni tashkil etgan. Shuningdek, 2016-yilga nisbatan oʻsish 2019-yilda 258,6% ga, 2020-yilda esa 200,9% ga yetgan.