Yaponiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari 2022-yilda yirik avtomobil modellariga oʻz-oʻzini boshqarish tizimini qoʻshishadi. Bu asosan Toyota va Mazda kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida amalga oshiriladi, deb yozadi Nikkei. Ular avtomobillarga ikkinchi darajali oʻzini oʻzi boshqaradigan tizimlarni qoʻshadilar.

Toyota birinchi navbatda oʻzining Crown flagman modeliga avtopilot boshqaruvni qoʻshadi. Hozircha texnologiya Lexus sedani va Mirai elektrokarida mavjud. Kompaniya, shuningdek, boshqa modellarga, masalan, Corollaʼga oʻz-oʻzini boshqarish tizimini qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Mazda oʻzining yoʻltanlamaslariga 2 yoki 3-oʻzini oʻzi boshqarish funksiyalarini qoʻshadi. Subaru esa oʻzining barcha avtomobillariga soatiga 50 km tezlikkacha foydalanish imkoni boʻlgan boshqarish imkoniyatini qoʻshishni rejalashtirmoqda.

Oʻz-oʻzini boshqarish texnologiyasi besh darajaga boʻlingan. Ikkinchisi mashinani qoʻlsiz boshqarishga imkon beradi, lekin haydovchidan nazoratni talab qiladi. Toʻrtinchisi, masalan, yuqori darajadagi avtomatlashtirishni taklif qiladi, beshinchisi esa toʻliq avtopilot hisoblanadi (Tesla ikkinchi darajaga tegishli).

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston 2021-yilda Yaponiyadan 88 ta “inomarka” xarid qilgan.