O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga payvandchi, mexanik-muhandis, omborxona ishchisi, elektrik hamda sanoat mexaniklari ariza jo‘natishlari mumkin.

Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi. Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida, soha bo‘yicha kollej, texnikum yoki oliy o‘quv yurti diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, sohada kamida 1 yillik tajriba hamda nemis tilidan B1 sertifikati talab etiladi.

Quyidagi havolalar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin:

Har bir yo‘nalish bo‘yicha arizalar alohida qabul qilinadi.

Bundan tashqari, fuqarolar Germaniyada hamshiralik va parvarish sohalari uchun 1 va 3 yillik “Ausbildung” dasturga ham qabul qilinmoqda.

Nomzodlar nemis tilini kamida B1 darajada bilishi va tasdiqlovchi sertifikati, 18−35 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak.

Oylik stipendiya:

  • 1-o‘qish yilida 1 340,69 yevro;
  • 2-o‘qish yilida 1 402,07 yevro;
  • 3-o‘qish yilida 1 503,38 yevro.

Germaniya aeroportidan ish joyigacha transfer qilinib, arzonlashtirilgan turar-joy bilan ta’minlanadi. Ausbildung jarayonidan so‘ng uzoq muddatli mehnat shartnomasiga imkoniyat yaratiladi.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


Avvalroq Britaniya 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. “NEU Professionals” rekruting agentligi bilan ularni shifoxonalarga ishga qabul qilish va $3 ming miqdorida oylik ish haqi berishga kelishildi.