Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi qurilishi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Loyiha Xitoyning Xiang Yang Tenglong Automobile hamda GIG Investments kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Qurilish ishlarining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, tadbirkorlar va investorlar, jamoatchilik vakillari hamda nuroniylar ishtirok etdi.



Tadbirda Bozorov yig‘ilganlarni O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha yo‘nalishlarda amaliy samara berayotganini ta‘kidladi.
Spot, avvalroq, SamAuto Anadolu Isuzu bilan yangi avtobus va elektrobuslar ishlab chiqarishi haqida yozgandi.


