UTAX hammuassisi Murod Muhammadjonov tavsiya qilgan 8 ta kitob

Tavsiya etilgan kitoblar orasida mijozlar bilan munosabatlarni mustahkamlash, bitimlar tuzish va qaror qabul qilishga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishga turtki beradigan asarlar o‘rin olgan.

hafta yakuni, yangiliklar


“Taqchillik va narxlar oshishiga olib keladi”: UzBev shakar importiga kvotalarni to‘xtatishga chaqirdi

Assotsiatsiya mahalliy ishlab chiqarish bozor talabini qoplashga tayyor emasligi, cheklovlar esa shakar taqchilligi va oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashishiga olib kelishi mumkinligini bildirdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Muzlatilgan pitsalar, zavod va issiqxona: Little Italy asoschisi bilan suhbat

Spot Little Italy nomi bilan tanilgan pitsaxona asoschisi Xurshid Axmedov bilan issiqxona xo‘jaligi, pitsa biznesi va test rejimida faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish zavodida uchrashib, suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Monopoliyaga xizmat qiladi”: o‘zbekistonliklar poyabzallarni markirovkalash taklifi haqida

Bildirilgan izohlarning aksariyatida tashabbus qo‘llab-quvvatlanmagan. Fuqarolar va tadbirkorlar markirovkalash xarajatlari oxir-oqibat iste’molchilar zimmasiga tushishidan xavotir bildirgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Markaziy bank yangi banknotalar qiymatini ish haqi va bozordagi narxlar asosida belgilaydi.
    Banknot va tangalarning dizayni borasida aholi o‘rtasida so‘rovnomalar ham o‘tkazilishi mumkin.
  2. Jizzaxda qurilayotgan AES yiliga 1−2 mln kub metr suv ishlatadi — suv xo‘jaligi vaziri.
    Shavkat Hamrayevning aytishicha, stansiyani suv bilan ta’minlash masalasi hal qilingan. Suv Janubiy Mirzacho‘l kanalidan olinadi, foydalanilgan suv esa qayta aylantiriladi.
  3. 41 qavat o‘rniga 21 qavat: City Palace yangi loyihasi qavatlar soni kamaytirilgandagina ko‘rib chiqiladi.
    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev binolarning qavatlar soni bosh reja asosida belgilanishi va investorning talabi bilan o‘zgartirilmasligini ta’kidladi.
  4. Toshkentda ko‘p qavatli uylar yonidagi noqonuniy qurilmalar buzilmoqda.
    Yunusobod tumanidagi 19-mavzeda bir nechta o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshoot demontaj qilinib, mutasaddilarga majburiy ko‘rsatmalar berildi.
  5. Imtiyozli savdo, kon sanoati va energetika: O‘zbekiston va Iordaniya strategik sheriklik o‘rnatdi.
    Tomonlar 19 ta hujjat imzoladi, ular orasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim ham bor.
  6. Shveysariya Karimovaning aktivlaridan yana $252 mln ni O‘zbekistonga qaytaradi.
    Mablag‘lar yangi maktablar qurish, bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda boshqa ijtimoiy dasturlarga yo‘naltiriladi.
  7. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa davlatlarga uzatish uchun yangi talablar belgilanadi.
    IIV shaxsga doir ma’lumotlarni ular bir xil himoya qilinishi kafolatlanmagan davlatlarga uzatish shartlarini belgilovchi nizom loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
  8. G‘ishtko‘prik bojxona postining o‘tkazuvchanligi kuniga 100 ming kishiga yetkazildi.
    Rekonstruksiyadan keyin post kuniga 3 000 ta yengil avtomobil va 400 ta avtobusni o‘tkaza oladi. Avval bu ko‘rsatkich 750 ta va 70 ta edi.
  9. Tadbirkorlar bitta ariza bilan bir nechta bankdan kredit taklifi olishi mumkin bo‘ladi.
    Prezidentga qilingan taqdimotda aytilishicha, kichik biznes bandlikning 75% ini ta’minlaydi, lekin YIMdagi ulushi 55%.
  10. O‘zbekistonda qo‘shimcha 400 ming tonna go‘sht yetishtirish rejalashtirilmoqda.
    Shuningdek, 2027-yildan Qashqadaryoda aholi xonadonlaridagi chorva uchun ozuqa xarajatlarining 10% ini qoplash taklif qilinmoqda.
  11. O‘zbekistonda poyabzallarni markirovkalash taklif etilmoqda.
    Loyihaga ko‘ra, markirovka tizimi 2027-yil boshidan sinov tarzida, 2028-yildan esa majburiy tartibda boshlanadi.
  12. Elektr, suv va yo‘l yuklamaga tayyor emas: Urbanizatsiya qo‘mitasi — City Palace o‘rnida 41 qavatli bino qurilishi haqida.
    Loyihani amalga oshirishdan oldin infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish talab etiladi.
  13. O‘zbekistonda investorlar va tadbirkorlar uchun tansoqchilik xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
    Xonadonlarga nazorat qurilmalarini o‘rnatish va telefon orqali tezkor yordam chaqirish uchun SOS tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.
  14. “Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yo‘l kerak emas” — prezident.
    Polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanishni yo‘l qurilishi standartlariga kiritish vazifasi qo‘yildi.
  15. Aviayoqilg‘i aksizdan ozod etiladi, narxi jahon narxiga bog‘lanadi.
    Havo kemalari, dvigatellar va agregatlar ijarasiga QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi, ehtiyot qismlar uchun boj imtiyozi 2040-yilgacha uzaytiriladi.