“Uzbekistan Airways” ning xabar berishicha, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 7-yanvardan 9-yanvarga qadar Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan Toshkent bir qancha qatnovlar amalga oshiriladi.

7 -yanvar

  • Toshkent — Urganch — Toshkent
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent

8-yanvar

  • Toshkent — Namangan — Toshkent
  • Toshkent — Urganch — Toshkent (yoʻlovchi sigʻimi koʻp boʻlgan havo kemasi turiga almashtirildi)
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent (yoʻlovchi sigʻimi koʻp boʻlgan havo kemasi turiga almashtirildi)
  • Toshkent — Nukus — Toshkent (yoʻlovchi sigʻimi koʻp boʻlgan havo kemasi turiga almashtirildi)

9-yanvar

  • Toshkent — Nukus — Toshkent
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent
  • Toshkent — Qarshi — Toshkent
  • Toshkent — Urganch — Toshkent

Kompaniya aviachiptalar va parvoz vaqtlarini rasmiy saytdan, “Uzbekistan Airways” Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligini taʼkidlagan.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” Oqtovga parvozlar bekor qilinganini maʼlum qilgan edi.