Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi “Qoʻqon biokimyo” AJning davlat ulushini xususiylashtirish haqida maʼlum qildi.

Davlat 99,7% ulushini sotish niyatida. Deloitte kelishuv boʻyicha konsultant hisoblanadi. Xususiylashtirish Prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Arizalar 2022-yil 25-fevralgacha qabul qilinadi. Shundan soʻng UzAssets birinchi bosqichdan oʻtgan ishtirokchilarning qisqa roʻyxatini tuzadi. Ular keyingi qadamlar haqida xabardor qilinadi, shuningdek, kompaniya haqida batafsil maʼlumot oladi.

Potensial xaridorlar bir qancha talablarga — toʻlov qobiliyatini isbotlash, kompaniyani rivojlantirish rejasiga ega boʻlish va boshqalarga javob berishi kerak. Shartlar, jarayon va boshqa tafsilotlar haqida batafsil maʼlumotni bu yerda topishingiz mumkin.

Kompaniya haqida

  • “Qoʻqon biokimyo” 1983-yilda tashkil etilgan.
  • Zavod Oʻzbekistonda eng yirik etil spirti ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi (yiliga 4,02 mln dekalitr).
  • Mutaxassislar “Qoʻqon biokimyo” spirtini organoleptik xossalari boʻyicha mamlakatdagi eng yaxshilaridan biri deb bilishadi.
  • Spirtli ichimliklardan tashqari kompaniya yiliga 5,36 ming tonnagacha kleykovina ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi.
  • Kombinatning 2021-yil III chorakdagi foydasi 3 mlrd 370 mln soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 7 mlrd soʻmdan oshdi.