Sharof Egamberdiyev — sayohatchi, biologiya fanlari doktori, “Таинственный Узбекистан” tog' ekoturizmi hamjamiyati asoschisi va Uzbek Tourist notijorat sayyohchilar jamoasi boshqaruvchisi.
U O’zbekistonda birinchilardan bo’lib, ichki tog' turizmini rivojlantirgan shaxslardan hisoblanadi. 2019- yilda Sharof Egamberdiyev Yevropaning eng yuqori nuqtasi — Elbrusda O’zbekiston bayrog’ini o’rnatishga muvaffaq bo’lgan. Bir necha bor Everestning bazaviy lagerini borib ko’rgan, Himolay dovonlarini bosib o’tgan va O’zbekiston va Markaziy Osiyoning 40 dan ortiq cho’qqilarini zabt etgan.
O’tgan yilda turizmni rivojlantirishga qo’shgan hissasi uchun “Туризм фидойиси” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Turizm va Sport vazirligi “Таинственный Узбекистан” (Sirli O’zbekiston) loyihasini “Yangi turistik yo’nalishlarni ommalashtiruvchi” deya nominatsiya berdi.
Hamjamiyat har yili respublikaning chekka hududlariga o’nlab ekspeditsiya uyushtiradi. Mingdan ortiq insonlar birgalikda sayohat qilib, o’zlari uchun yangi O’zbekistonni kasht etadilar.
“Таинственный Узбекистан” asoschisi bir xil qiziqishga ega shaxslarning hobbisi qanday qilib foyda keltiruvchi biznesga aylanganligi, yuzaga kelgan qiyinchiliklar va ichki turizmdagi raqobat haqida fikrlarini Spot tahririyati bilan bo’lishdi.
Tog’larga bo’lgan muhabbat qanday qilib shaxsiy biznesga aylandi
“Таинственный Узбекистан” loyihasi yaratilgunga qadar men davlat korxonasida paxta tolasining molekulyar genetikasi bo’yicha ish olib borar edim.
Hali ham esimda, mavsum payti deadline sanalari juda yaqin, charchoq juda avjida, ammo ta’til olishga ruxsat yo’q edi. Chet el safariga borish haqidaku umuman orzu qila olmas edim. Shundan so’ng o’zimizda, Toshkent viloyatidan tashqaridagi tog’larga chiqishni o’yladim.
O’shanda O‘zbekistonni aniq bilaman deb o’ylardim. Qashqadaryoda joylashgan eng yaqin tog‘larga — g‘arbiy Hisorga borishga qaror qildim.
U yerga kelganimda hayratda qoldim — landshaftlar, tog‘larning geologik holati, kanyonlar, etnografiya, qishloqlar va ularning turmush tarzi — bularning barchasi men ko‘rgan va bilganimdan tubdan farq qilardi. Yo’l — yo’lakay hamma men kabi mamlakatni boshqa tomondan ko’rishini xohlardim.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Uyga qaytishga Kirill Altman bilan fikrimni bo’lishdim. O’sha vaqtda uning Brandbox Branding kompaniyasi katta kuch bilan ish olib borayotgan edi. U hech ikkilanmasdan men uchun boshlang’ich jarayonlarda ko’maklashdi, internet uchun matn yozib berdi, dastlabki logotipni yaratdi va shaxsiy brendni qanday yurgizish kerakligi haqida maslahatlar berdi.
2013 — yilning avgustida “Таинственный Узбекистан” internetda paydo bo’la boshladi. Bir yil o’tib esa uni rasmiy ro’yxatdan o’tkazdik.
To’g’ri yo’lda ekanligimni isbotlovchi yana ikkita holat yuz berdi — bir guruh rus marketologlari bilan tanishuv va Himoloyga sayohat.
2014 — yilda biz Surxandaryo va Qashqadaryoda dunyo bo’ylab sayohat qiluvchi rossiyalik bir guruh marketologlarga yordam berdik. Keyinchalik ular o’zlarining seminarlaridan birida biz haqimizda ommaga gapirib berishdi. Shundan so’ng biz asta-sekinlik bilan chet davlatlarda tanilishni boshladik.
2017 — yilda esa men birinchi bor Himolay tog’lariga sayohat qildim. U yerda tushunib yetdimki, o’zim tanlagan ishni davom ettirishim kerak. O’sha yilning o’zida davlat tuzilmasidan ketdim va o’zimni sevgan ishimga bag’ishladim.
Foto: Sharof Egamberdiyevning shaxsiy arxividan
Keyingi cho’qqilarni guruh bilan birgalikda Tojikiston va Qirg’izistonda zabt etdik. 2021 — yilda esa Uzbek Tourist a’zolari bilan Pomir to’glariga yetib bordik.
G’oyaga biznes kabi yondashuv
Men o’z qiziqishimni hobbiga aylantirmasdan darhol daromad qilishni maqsad qildim. Buning uchun ikkita sabab bor edi — bozor deyarli bo’sh, uni tatbiq etish va yurg’izish hozirgiga qaraganda ancha arzon va yengil edi.
Dastlabki investitsiyalar birinchi tekshiruv ekspeditsiyalariga yo’naltirildi. Ularning yordami bilan men nafaqat yangi go’zalliklarni, balki boshqa o’zimni kashf qildim. Dastlabki ikkita sayohat asosiy poydevorga aylandi. Ulardan keyin $600−700 va reklama uchun taxminan $200 kerak bo’ldi.
Umuman olganda men faqatgina tashabbuskorlikka asoslangan holda boshladim. Tog' va yangi makonlarga kirib borganimiz sayin, qiziqish ham ortib boraverdi.
Dastavval, men bir o’zim sayohat qilardim. Keyinchalik xuddi mendek davlat tizimida ishlagan ikkita tanishim qo’shildi. ijtimoiy tarmoqlardagi faolligim jamoani tezda shakllantirishga yordam berdi.
Sekinlik bilan erkin sayohatchilar bizga qo’shilishni boshlashdi, masalan extremal.uz a’zolari. Shunday qilib, bizning hozirgi jamoamiz shakllandi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Hozirda yurg’izish uchun katta mablag' sarflamayapmiz. Butun tizim biz bilan vaqt orqali bog’langan. Keyingi tur uchun bir nechta avtobuslar reklama bo’lmasa ham jimgina to’ldirilmoqda.
Ammo biz bir kunlik sayohatdan qimmatroq narsani sotmoqchi bo’lsak, reklama xarajatlari $150−300 ga tushadi. Aslida, barchasi maqsadlarga bog’liq. Masalan, biz Facebookdan voz kechishni rejalashtirmoqdamiz.
Bir kunlik sayohatlar narxi 250 ming so‘mni, ko‘p kunlar bilan faolroq turlar uchun esa 1,4 million so‘mdan 3 milliongacha bo‘ladi. Marjinallik turning murakkabligiga bog‘liq va 25−30% bo‘lishi mumkin.
Jamoa a’zoligiga kirish
Startda 3 kishidan boshlangan jamoa 22 kishigacha o’sdi. Albatta, qiyinchilik va xatolarsiz kechmadi.
Yangi hamkasblarni tanlashda juda e’tibor qarataman. Biz topgan yangi joylashuvlar sirli ma’lumot hisoblanadi. Ularni intellektual mulk sifatida qabul qilamiz. Shuning uchun, bu ma’lumotlarning boshqa qo’llarga ketib qolish xavfi mavjud.
Bundan tashqari, hamkasblar o’rtasidagi holat muhim omillardan biri hisoblanadi. Davlat tuzilmasidagi ishda tushinib yetdimki, hamkasblar boshliq va bo’ysinuvchiga ajratilmasligi kerak.
Do’stona muhit professional bo’ysunish (subordinatsiya) bilan o’zaro bog’liq bo’lishi muhimdir.
Bizga kelib qo’shilganlarni, jismoniy, ruhiy jihatdan tayyorlaymiz va tibbiyot va mijozlar bilan ishlashga o’rgatamiz.
Foto: shaxsiy arxiv
Odamlar bilan muloqot qila olish qobiliyati juda muhim. Ba’zi mijozlar juda agressiv va tushinishni xohlamaydigan toifaga kiradilar.
Mavsum yopilganda, tarjimon-gidlar o’z-o'zini rivojlantirish bilan shug’ullanadilar — ular xorijiy tillarini, geografiya va tarix bo’yicha bilimlarini yaxshilaydilar va shunchaki tiklanadilar.
Asosiy shtatdan tashqari, janubda bizning alohida xodimlarimiz bor.
Кроме основного штата на юге страны у нас много своих работников. Ular bizga katta yordam berishadi va marshrutlardagi ishlarni sezilarli darajada soddalashtiradilar — logistlar, oshpazlar, yuk tashuvchilar va boshqalar. Ular biz uchun kerakli vaqtda bog’lanadilar va ko’rinmas ishlarni bajaradilar.
Bir xil fikrlovchilarning kuchli ruhiyati
Tog’lar bo’ylab sayohatni hayotining bir qismiga aylantirganlar uchun bizning notijorat tashkilotimiz — Uzbek Tourist mavjud. Unda asosan, o’z biznesiga ega va grafik bo’yicha erkin shaxslar a’zo hisoblanadi.
Foto: shaxsiy arxiv
Birinchidan, yurish xohlagan ish kunida rejalashtirilishi mumkin, ikkinchidan, sayohat qilish arzonga tushmaydi.
Qishki kiyimlar uchun minimum —$1000 ketadi, undan yuqori ham bo’lishi mumkin.
Ushbu jamoa bilan biz tez-tez yangi sayohatlar uchun dastlabki yo’llarni bosib o’tamiz va besh ming kishigacha yetkazamiz.
Ammo bularning barchasi jismoniy va ruhiy jihatdan tayyor bo’lganlar uchun . Qolganlari uchun mentorlik tizimi yanvardan sentyabrgacha ishlaydi.
Qiyinchiliklar — bu chaqiruv
Boshlanishida ko’p qiyinchiliklar bo’lganini eslolmayman. Hammasi biz uchun yangi edi.
Raqobatchilar yo’q edi, rivojlanishga esa bizni kuchli motivatsiya undagan.
Asosiy ish yangi makonlarni izlashdan iborat. Men qiyinchiliklardan qo’rqmadim va o’z maqsadim yo’lida olg’a bordim.
Hozir ham shunday — biz uchun muammo mavjud emas. Barchasi qabul qilishga bog’liq, chunki qiyinchiliklar bu nimagadir chaqiruv degani.
Bizni ishimizni qiyinlashtiradigan bir narsa — biz faollik bilan kurashayotgan nohalol raqobat.
Ish jarayonlari tizimlashtirilgan bo’lib, har chorak uchun, yillik va besh yillikka mo’ljallangan. Biz statistik ma’lumotlarni faol ravishda olib boramiz, barcha ko’rsatkichlarni kuzatib boramiz — har bir tur uchun qancha so’rov yuborilgan, qancha mijoz bilan ishlaganimizni tahlil qilamiz.
Pandemiya boshlanishidan oldin, chegaralar ochiq bo‘lganida, oyiga 600 ga yaqin odam, jumladan, chet ellik sayyohlar ham, mahalliy aholi ham bizga tashrif buyurishi mumkin edi.
Shu bilan birga, bizda nafaqat guruhlarni qayerda va qachon olib borishning aniq rejasi, balki O‘zbekistonning alohida xaritasi ham bor.
Bu yerda biz kashf etgan joylarni belgilaymiz va tur mavsumi tugaganda boradigan joylarni aniqlaymiz. Masalan, Qashqadaryo va Surxondaryoning katta qismi shu kungacha o‘rganilmaganligicha qolmoqda.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Yangi joylarni ochishning murakkabligi kirishning mumkin emasligi, katta vaqt va jismoniy xarajatga tengdir.
O’zbekistonning janubida bo’lgani kabi, katta gastrol yaratganimizda guruh bilan birga 5−6 kunga yangi joyga boramiz.
Butun jamoa tarqalib, kerakli ma’lumotlarni yozib, turli yo’nalishlardan o’tadi.
Yetib kelgach, barcha ma’lumotlar bittalab yig’iladi. Shu asosida eng optimal yo’nalish tanlanadi.
Shundan so’ng sayohat qanchalik xavfsiz, qiziqarli bo’lishi va uni sotish qanchalik qiyinchilik tug’dirishi haqida o’ylaymiz.
Yurishlardan tashqari, biz klip va filmlar oladigan kompaniyalar bilan hamkorlik qilamiz.
Filmni suratga olishni tashkil qilishda yordam berish oson ish emas. Ba’zi yozuvchilarning shartlari ancha og’ir va sizni qattiq ishlashga majbur qiladi.
Biz hujjatli qismdan boshlab texnik qismga qadar yordam beramiz. Favqulodda vazifalar qatorida Xorazm cho’lining biror bir joyida ma’lum bir yorug’likni tashkil etish yoki dizel generatorlarini o’rnatish bo’lishi mumkin.
Ichki turizm bozori va raqobat haqida
Karantin tashqi turizmni butkul to’xtatib qo’ydi. Deyarli barcha rejalashtirilgan xalqaro sayohatlar barbod bo’ldi. Zero, biz mamlakat ichidagi gastrollardan tashqari xorijga ham sayohatlar tashkil qilar edik.
2021-yilda biz faqat Markaziy Osiyoning eng yaqin davlatlariga borishga muvaffaq bo‘ldik. Uzoqroqqa sayohat haqida unutishga to’g’ri keldi.
Masalan, o’tgan yilning bahorida, Himoloydagi guruhlar bir necha oy davomida qolib ketishdi, shuning uchun biz tavakkal qilmadik. Joriy yilda tashqi bozor avvalgi holatiga qaytadi va biz barcha to‘plangan talabni ko‘proq qondiramiz, deb umid qilamiz.
Umumiy hisobda, mamlakat bo’ylab bizda 60 ta sayohat mavjud. Qashqadaryo va Surxandaryoning o’zidagina 30 ta sayohat amalga oshirsa bo’ladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Agar raqobat haqida gapiradigan bo’lsak, faol turizm bozorida ko’plab kompaniyalar mavjud bo’lib, ularni to’rt toifaga bo’lish mumkin:
- Faol turizmga ixtisoslashgan kompaniyalar. Haqiqatan ham, ular shahar ekskursiyalarini o’tkazmaydilar.
- Ekskursiya turizmi bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar. Ular ikki turga bo’linadi — turlarni tashkil qiluvchilar va xizmatlarni qayta sotuvchilar. Ikkinchi guruhga karantingacha xorijliklar bilan ishlagan, ammo bugungi kunda ular boshqa kompaniyalar yoki gidlarning xizmatlarini qayta sotishga majbur bo‘lgan yuridik shaxslarni o‘z ichiga oladi.
- O’z-o'zini ish bilan ta’minlaganlar yakkaxon gidlar. Ularning aksariyati “O‘zbekturizm” sertifikatiga ega. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va kanallar orqali mijozlar jalb qiladilar.
- Firibgarlar. Bu ish uchun o‘zlarida na ko‘nikma, na bilim va tajriba, na hujjatlar bo‘lmasada, o‘zlarini gid sifatida tanishtiradilar. Ular odamlarni qayerga olib borishini va ularga nima deyilganini faqat taxmin qilish mumkin.
Shaxsan biz bir kunning o’zida katta hajmdagi ishni va respublika bo’ylab sayohatlarni o’tkazishga qodirmiz.
Afsuski, raqobat turizm bozorini rivojlantira olmaydi. Endi hamma bir-biridan g’oyalar, matnlarni o’g’irlashi va narxni asossiz qo’yishi mumkin. Ammo har kimning ma’lum bir mijozlar oqimi va o’z joyi bor.
Ichki bozorda muvozanat karantindan keyin paydo bo’ldi. Bu to’sib qo’yilgan talab yoz oxirida va butun kuzda ko’proq qondirildi. Odatda kuzda pasaygan turlar sotuvi 200 foizga oshdi.
Qanday qilib gidga aylanish mumkin
Buning uchun qonunga ko‘ra Turizm va sport vazirligi huzuridagi kurslarni tamomlash kifoya. Kurs yakunida sertifikat beriladi. Shunigdek shaxsiy tadbirkor sifatida ariza berishingiz va qat’iy soliq to’lashingiz mumkin.
Men bu sohaga endigina kirmoqchi bo‘lgan har bir kishiga o‘zidan boshlashni maslahat beraman — yaxshi ta’lim oling, jismoniy tayyorgarlik ko‘ring va iloji bo‘lsa, sayyohlik kompaniyasiga ishga joylashing. U erda siz mijozlar bilan ishlash etikasini o’rganishingiz mumkin.
Shuni unutmangki, bu biznes xatolarni kechirmaydi. Agar biror kishi bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, bu kompaniya obro’sida abadiy iz qoldiradi.
Gid botanika, tibbiyot, psixologiya, o‘z ona yurti tarixi bo‘yicha asosiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Mo’ljal olish, geografiyani tushunish va turli ob-havo sharoitlariga tayyor bo’lish muhimdir.
Rejalar. 2022 — yilda tashqi bozorga chiqishni rejalashtirmoqdamiz. Umid qilamizki, hech qanday yangi shtamm bunga xalaqit bermaydi. Biz tog' cho’qqilarini zabt etishda, yanada noyob joylarni kashf etishda va rivojlanishda davom etamiz.