Apple yaqin oylarda iPhoneʼdan toʻlov terminali sifatida foydalanish funksiyasini joriy qiladi. Ushbu tizim Apple Pay uchun foydalaniladigan NFC orqali ishlaydi, deb xabar beradi Bloomberg ishlanmaga yaqin manbalarga tayanib.
Hozircha iPhone tashqi terminalga ulangan taqdirdagina toʻlovlarni qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin. Bloomberg manbalariga koʻra, kompaniya yaqin oylarda operatsion tizim yangilanishi bilan ushbu funksiyani iPhone-ga olib kirishni rejalashtirmoqda.
Apple kompaniyasining ushbu qarori kompaniyaga toʻlov terminallarining eng yirik ishlab chiqaruvchisi Square bilan raqobatlashish imkonini beradi.
Yangi funksiya Apple Pay-ning bir qismi boʻladimi yoki yoʻqmi nomaʼlum. Ammo nashr manbalarining taʼkidlashicha, Mobeewave ishlab chiquvchilari startap sotib olgandan keyin ushbu boʻlimda ishlagan.
Avvalroq Apple Niderlandiyada monopol deb eʼlon qilinib, jarimaga tortilgan edi.