Niderlandiya monopoliyaga qarshi kurashish xizmati Apple-ni regulyator talabiga rioya qilmaganlikda ayblamoqda, deya yozmoqda Reuters.

Apple, shuningdek, muqobil toʻlov usullarini qoʻshmaguncha, haftalik 5 mln dan 50 mln yevrogacha jarima toʻlashga majbur boʻladi. Regulyator kompaniyani bu qaror haqida ogohlantirdi.

2021-yil oktyabr oyida Niderlandiya Monopoliyaga qarshi xizmati dunyoda birinchi boʻlib Apple-ni monopoliya sifatida tan oldi, shuningdek, toʻlov siyosatiga oʻzgartirishlar kiritishni talab qildi, biroq jarima undirmadi.

Apple qarordan rozi boʻlmagan va apellyatsiya bergan.

2022-yil yanvar oyida kompaniya Niderlandiyada tanishuv ilovalari toʻlovlarini qayta ishlashning ikkita muqobil usulini taklif qilishini eʼlon qildi. Ammo regulyatorga koʻra, Apple buni bajarmagan.