Toshkent shahridagi banklardan birining masʼul shaxslari mijozning omonatdagi $300 mingni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Bankning masʼul shaxslari fuqaro I.M. nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan.

Shu yo‘l bilan fuqaroning bankka qo‘ygan $500 minglik omonatidan $300 mingni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Avvalroq Spot O‘zbekiston banklari yarim yil ichida 461 mlrd so‘mlik 18 mln ta firibgarlik operatsiyasining oldini olgani haqida yozgandi.