Treyding: Toshkentdagi o‘quv markazlar, manzillari, kurslar va narxlari

Spot Toshkentdagi o‘quv markazlarida qanday treyding kurslarini o‘rganish mumkinligi, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, shuningdek, kurslarning narxlari va manzillari haqida ma’lumot to‘pladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Englify School asoschisi va bloger Azam Qahramoniy tavsiya qilgan 5 ta kitob

U Spot’ga dunyoqarashi va insonga bo‘lgan qarashlarini shakllantirgan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Uning ro‘yxatidan Jyul Vernning sarguzasht romani, tarix va iqtisodiyotga oid asarlar, shuningdek, Dostoyevskiy va Remarkning klassik romanlari o‘rin olgan.

hafta yakuni, yangiliklar


O‘zbekiston pensiya tizimidagi islohotlar: Nimalar o‘zgaradi va u kimlarga ta’sir qiladi?

Murodbek Atadjanov Spot’ga bergan intervyusida taklif etilayotgan o‘zgarishlar, eskirgan tartib muammolari hamda yoshlar kelajakda minimal pensiyaga tayanib qolmasliklari uchun bugun qanday qadamlar qo‘yishlari kerakligiga to‘xtaldi.

hafta yakuni, yangiliklar


Xorijda ta’lim: Turkiyada doktoranturada to‘liq grant asosida tahsil olayotgan Islom Asilbekov hikoyasi

Bu safar Spot Turkiyada doktorantura (PhD) bosqichida tahsil olayotgan vatandoshimiz bilan suhbatlashdi. U grant va doktorantura dasturlari, ularga hujjat topshirish jarayoni, shuningdek, xorijda ilmiy ish olib borish tajribasi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Bu fuqarolik huquqining butun konsepsiyasini izdan chiqaradi”: Bosh prokuratura pulli parkovkaga to‘lov qilmaganlik uchun jarimaga qarshi

Prokuratura taklif etilayotgan yondashuv uy-joy kommunal xo‘jaligi, mehmonxonalar va xususiy klinikalar oldidagi qarzlar uchun jarimalarga yo‘l ochishidan xavotirda.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkentda uylar ommaviy baholanmoqda. Bu nima degani va soliqlar oshadimi?

Spot baholash natijalarini ko‘rish, ularga e’tiroz bildirish tartibi hamda yangi qiymatning soliqlarga ta’siri haqidagi ma’lumotlarni jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda pensiya yoshini uch yilga oshirish taklif qilinmoqda
    2028-yildan boshlab rasmiylar pensiya yoshini erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga oshirishni rejalashtirmoqda.
  2. O‘zbekiston va Janubiy Koreya qariyb $12 mlrd lik yangi loyihalarni tayyorladi
    Shuningdek, Koreya Eksimbanki bilan $8 mlrd lik Strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi.
  3. Yevropa Ittifoqida 13 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishi mumkin
    Tegishli qonun loyihasi 17-sentabr kuni taqdim etilishi kutilayotgan bo‘lib, unda bolalarni internetda yoshiga qarab bosqichma-bosqich himoya qilish nazarda tutilgan.
  4. O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi
    Yil oxirigacha 350 ming kishini ishga joylashtirish, yana 1 mln kishining daromadini oshirish va 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish topshirildi.
  5. Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain xususiylashtirilishi bo‘yicha tender e’lon qiladi
    Aprelda agentlik direktori UzAuto Motors’ning 99,7% davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorgarlik haqida prezidentga axborot berdi.
  6. Raqobat qo‘mitasi Transport vazirligiga reyslar kechikishi uchun kompensatsiya to‘lash tartibini tasdiqlashni topshirdi
    Yil boshidan buyon qo‘mita Centrum Air va boshqa tashuvchilar ustidan 270 dan ortiq shikoyat qabul qildi.
  7. Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda $592 mln lik yangi loyihalarni ishga tushirdi
    Shuningdek, Nukusda BAA ko‘magida qurilgan shifoxona va tibbiyot akademiyasi ochildi.
  8. Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar uchun 300 mlrd so‘mlik kredit liniyasi ochiladi
    Oilaviy tadbirkorlik kreditlari stavkasi 17,5% dan 12% ga tushiriladi. Kelasi yili “drayver” loyihalarga $100 mln yo‘naltirilib, 50 ming kishi daromadli qilinadi.
  9. O‘zbekistonda kamida bir yillik amaliy magistratura joriy etiladi
    2026/2027-o‘quv yilidan magistratura ishlab chiqarish va ilmiy-pedagogik dasturlarga ajratiladi.
  10. “Bu hududning istiqboli juda katta”: Saida Mirziyoyeva biznesni Yangi Toshkentga investitsiya kiritishga chaqirdi
    Prezident Administratsiyasi rahbari Shayxontohur tumanida barpo etiladigan bog‘ hududi va O‘zbekfilm kinostudiyasiga tashrif buyurdi.