Yodda tuting: har qanday investitsiya har doim moliyaviy xavflarni keltirib chiqaradi. Spot ushbu ma’lumotlarga asoslangan muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz sarmoyalar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Barcha ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida taqdim etilgan va ular investitsiya yoki boshqa harakatlarga chaqiruv sifatida qaralmasligi kerak.


Uranus

nurinvest, treyding, treyding kurslar, uranus

Foto: Uranus / Telegram

Yo‘nalishi: treyding, moliyaviy menejment va investitsiyalar

Shakli: onlayn

Ta’lim tili: o‘zbek va rus

Narxi: 490 ming so‘mdan boshlanadi

Uranus markazi o‘z tizimini dastlab 2017-yilda Shveysariyada rivojlantirishni boshlagan va 2019-yildan buyon O‘zbekistonda rasmiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Markaz dasturi xalqaro standartlar va Shveysariya tajribasi asosida ishlab chiqilgan, shuningdek, MDH bozori xususiyatlariga moslashtirilgan maxsus o‘quv dasturlari orqali treyding bo‘yicha ta’lim beradi. Taqdim etiladigan o‘quv kurslari:

  • Moliyaviy menejment v.1. Davomiyligi 2 oy, narxi esa mentorsiz 5 mln so‘m, mentor bilan 7,9 mln so‘m.
  • Moliyaviy menejment v.2. Muddati 2−2,5 oy, narxi esa mentorsiz 9 mln so‘m, mentor bilan 11,9 mln so‘m.
  • 7 kunlik ekspress-kurs. Muddati 7 kun, narxi esa 1,2 mln so‘mdan.
  • Tematik mini-kurslar. Davomiyligi mavzuga qarab, narxi esa 490 ming so‘mdan.
  • Elliot to‘lqinlari kursi. Davomiyligi ko‘rsatilmagan, narxi esa 4,9 mln so‘mdan.

Darslar nazariy va amaliy shaklda olib boriladi. Mashg‘ulotlar jarayonida nazariy bilimlar videodarslar orqali yetkazilsa, amaliy qismda real bozordagi tahlillar va topshiriqlar ustida ishlanadi.

Manzil: Toshkent, Sayohat ko‘chasi 2-uy.


Nurinvest

nurinvest, treyding, treyding kurslar, uranus

Foto: Nurinvest / YouTube

Yo‘nalishi: fond bozori, treyding, fundamental tahlil va islom moliyasi

Shakli: onlayn, oflayn

Ta’lim tili: o‘zbek

Narxi: $600 dan boshlanadi. Bepul kurslar ham mavjud

Nurinvest — halol aksiyalar savdosi hamda treyding yo‘nalishida ta’lim berishga ixtisoslashgan akademiyalardan biridir. Markaz o‘z faoliyati va savdo jarayonlarini islom moliyasi tamoyillari standartlariga muvofiq olib boradi. O‘quvchilar uchun platformada ikkita asosiy yo‘nalish yaratilgan:

  • Bepul ta’lim resurslari: soha bo‘yicha ilk tushunchalarni shakllantirish uchun halol treyding va Islom moliyasiga oid bepul videodarsliklar hamda sohaviy adabiyotlar taqdim etilgan.
  • O‘quv kurslari: to‘liq va professional bilimlarni beruvchi ushbu darslarda amaliy mashg‘ulotlar, tajribali kuratorlar nazorati hamda soha mutaxassislari jamoasiga qo‘shilish imkoniyati mavjud.

O‘quv kursidagi darslar bosqichma-bosqich modullarga bo‘lingan. Masalan, ikkinchi modul to‘liq treyding sohasini amaliy o‘rganishga bag‘ishlangan. Mavjud tariflar va ularning imkoniyatlari:

  • Premium: onlayn shaklda bo‘lib, narxi $600. Dastur o‘z ichiga barcha 6 ta modullarni oladi. O‘quvchilarga kuratorlar nazorati, dars qo‘llanmalari, mini-guruhlarda ishlash, mehmon spikerlar darslari, Zoom-uchrashuvlar, signal kanaliga 2 oylik kirish, sertifikat va darslarga 6 oylik kirish imkoniyati taqdim etiladi.
  • VIP: 2 oy oflayn: 1-oy nazariya, 2-oy amaliyot, narxi $2000. Ushbu tarif Premium paketining barcha afzalliklarini qamrab oladi, shuningdek, oflayn bitiruv marosimi hamda dars materiallariga 1 yillik uzunroq foydalanish imkoniyatini beradi.

Manzil: Shayhontoxur tumani, Jangoh mavzesi, Abay ko‘chasi 12-uy.


BeTrader

nurinvest, treyding, treyding kurslar, uranus

Foto: BeTrader / YouTube

Yo‘nalishi: treyding

Shakli: onlayn, oflayn

Ta’lim tili: o‘zbek

Narxi: bir martalik 1 soatlik maslahat — $100

Spot bundan ikki yil avval BeTrader asoschisi Akmal Djalilov bilan intervyu tashkil qilgandi. Unda treyder kim ekani va qayerda ishlashi, savdo bozorlarining bir-biridan farqi, shuningdek, qonuniy faoliyat yuritish shakllari haqida so‘z yuritilgandi.

Kompaniya o‘z faoliyatini 2021-yil boshida boshlagan. BeTrader’dagi o‘quv kurslari narxning keyingi yo‘nalishini aniqlashga va muhim darajadagi o‘yinchilarning xatti-harakatlarini aniqlashga yordam beradigan bar tahlili usuli bilan birgalikda hajm va narxlar farqi (VSA) tahlilini o‘rganishni taklif qiladi.

Dastur aksiyalarni tanlashni tahlil qilish, daraja, zonalar, tendensiyalar va to‘lqinlar nazariyasini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar, shuningdek g‘oyalarni shakllantirish va moliyaviy menejment bo‘yicha treningni o‘z ichiga oladi. Kurs oxirida talabalarga mutaxassis tomonidan to‘liq yordam ko‘rsatiladi.

Bir martalik 1 soatlik maslahat narxi $100, 8 oylik chuqurlashtirilgan individual ta’lim kursi — $10 000 ni tashkil etadi.

Manzil: Shayxontoxur tumani, O‘rda MFY, Navoiy ko‘chasi, 3-uy.


Skillbox Uzbekistan

nurinvest, treyding, treyding kurslar, uranus

Foto: Yandeks

Yo‘nalishi: treyding

Shakli: onlayn

Ta’lim tili: rus

Narxi: oyiga 2,88 mln so‘mdan.

Izoh: maqola e’lon qilingan vaqtda kurs uchun chegirma amal qilgan bo‘lib, oylik to‘lov summasi 1,15 mln so‘mni tashkil etgan. Narxlar va aksiya shartlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.

Skillbox — O‘zbekiston va MDH mamlakatlarida onlayn-kurslar taqdim etuvchi ta’lim platformalaridan biri. Platformada turli sohalarda karyera qurishga yordam beruvchi 600 dan ortiq onlayn-kurs mavjud.

Treyding kursi birja instrumentlari va investitsiyalash bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga, shuningdek, brokerlik hisobvarag‘iga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Darslarni ishdan ajralmagan holda o‘zlashtirish mumkin: kursni to‘liq o‘rganish uchun haftasiga o‘rtacha 3−5 soat ajratish lozim. Barcha o‘quv materiallari kurs yakunlangach ham o‘quvchida saqlanib qoladi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga Telegram-chat orqali kurator hamrohlik qiladi. Amaliy topshiriqlar mutaxassislar tomonidan tekshirilib, batafsil tahlil va tavsiyalar beriladi. Kurs uchun to‘lovni oylik muddatli to‘lov asosida bo‘lib amalga oshirish ham mumkin.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 65-uy, 1-qavat.