Texnika xarid qilish uchun har doim ham vaqt topilavermaydi. Ba’zan uyda ishlatib yurgan qurilma to‘satdan buzilib qoladi, ba’zan esa yangi texnika olishni rejalashtirib, do‘konga borishga imkon bo‘lmaydi. Axir mahsulot tanlashdan tashqari, do‘konga borish, yo‘lda yurish va xaridni uyga olib kelish ham kerak.

Endi bu jarayon ancha qulaylashdi. O‘zbekistondagi yirik maishiy texnika va elektronika savdo tarmoqlaridan biri MEDIAPARK Yandex Go’ga qo‘shildi.

Endilikda MEDIAPARK’dagi texnika mahsulotlarini smartfon orqali buyurtma qilish yanada osonlashdi.

MEDIAPARK’dan qanday buyurtma berish mumkin?

Buyurtma berish jarayoni oddiy:

  1. Yandex Go ilovasidan xizmatini ochish.
  2. “Do‘konlar” bo‘limiga o‘tish.
  3. Qidiruv orqali MEDIAPARK’ni topish yoki “Elektronika” toifasini tanlash.
  4. Kerakli mahsulotni savatchaga qo‘shish.
  5. Yetkazib berish manzili, vaqti va narxini tekshirib, buyurtmani tasdiqlash kerak.

Hozircha xizmat faqat Toshkent shahrida mavjud bo‘lib, yirik hajmli maishiy texnika mahsulotlari yetkazib berilmaydi. Mahsulotlar narxi esa MEDIAPARK do‘konlaridagi narxlar bilan bir xil.

Eng katta qulaylik — vaqtni tejash

Bugun xaridor uchun nafaqat mahsulotning sifati va narxi, balki uni qanday tezlikda va qulaylikda olish ham muhim.

MEDIAPARK’ning Yandex Go “Taomlar” xizmatiga qo‘shilishi xaridorlarning ushbu ehtiyojlarini qondirib, texnika xaridini yanada qulaylashtiradi. Ushbu hamkorlikning maqsadi va xaridorlar uchun afzalliklari haqida MEDIAPARK vakili quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“Biz xaridorlarimiz uchun yangi imkoniyatlar yaratish va texnika xaridini yanada qulaylashtirishga doimo intilamiz. Yandex Go bilan hamkorligimiz ham aynan shu maqsadga xizmat qiladi. Endi mijozlarimiz kerakli mahsulotlarni do‘konga bormasdan, o‘zlariga qulay joydan buyurtma qilishlari va vaqtlarini tejashlari mumkin”.

Texnika xaridi endi kunlik rejalarga xalaqit bermaydi

Kundalik hayotda texnika yoki elektron aksessuarlarga ehtiyoj kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, smartfonni yangilash yoki yangi kompyuter uchun qo‘shimcha aksessuarlar kerak bo‘lib qoldi. Endi bunday xaridlar uchun kundalik rejalarni o‘zgartirish shart emas. Mahsulotlar rasmiy kafolat bilan birga taqdim etiladi. Bu ayniqsa ish bilan band insonlar, farzandlari bilan uyda bo‘lgan ota-onalar uchun qulay.

Yetkazib berishning aniq muddati manzil, mahsulot mavjudligi va kuryerlarga qarab farq qilishi mumkin. Buyurtma berishdan oldin taxminiy vaqt ilovada ko‘rsatiladi.

MEDIAPARK’ning Yandex Go “Taomlar” xizmatiga havola orqali o‘tish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.