Davlat statistika qoʻmitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv oʻtkazgan.

Unga koʻra, oʻtgan hafta davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagichani tashkil etdi:

  • suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45 000−68 000 soʻm;
  • qoʻy goʻshti (1 kg) — 54 000−80 000 soʻm;
  • kartoshka (1 kg) — 3 000−8 000 soʻm;
  • piyoz (1 kg) — 1 500−4 000 soʻm;
  • sabzi (1 kg) — 1000−5 000 soʻm;
  • tuxum (10 dona) — 6 000−14 000 soʻm;
  • guruch (1 kg) — 5 000−17 500 soʻm;
  • oʻsimlik yogʻi (1 l) — 14 000−24 000 soʻm;
  • shakar (1 kg) — 7 900−10 500 soʻm.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Avvalroq Spot meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida yozgan edi.