Mashhur nashr ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur Wordle jumboq soʻzni topish onlayn-oʻyinini sotib olganini eʼlon qildi.

Bitim summasi yetti raqamni tashkil etgan, nashrning oʻzi aniq raqamni oshkor etmadi. Shunday qilib, oʻyin $1 mln yoki undan koʻproqqa sotib olingan.

Gazeta jumboq va krossvordlar uchun alohida obunaga egaligiga qaramasdan, Wordle bepul qoladi.

Wordle — bu boshqotirma oʻyini boʻlib, unda besh harfli soʻzni oltita urinishda topishingiz kerak. Uni kuniga bir marta oʻynashingiz mumkin. Xizmat faqat veb-versiyada ishlaydi, uning App Store va Google Playʼda ilovalari mavjud emas.

Dasturchi Josh Uordl oktyabr oyida sherigi va oilasi uchun Wordleʼni ishga tushirdi. 2021-yilning oxiriga kelib u ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. The New York Times maʼlumotlariga qaraganda, hozirgi paytda oʻyinchilar soni bir necha mln ni tashkil qiladi.

Avvalroq “Microsoft” kompaniyasi “Call of Duty” va “Warcraft” ishlab chiqaruvchisini sotib olgan edi.