Anvar Narzullayev, 10 yildan ortiq Malayziyada yashaydi va o’sha yerdagi universitetlarning birida informatsion xavfsizlik fanidan dars beradi, Mohirdev ta’lim startapi asoschisi.

Mohirdev- bu IT sohasi bo’yicha onlayn platforma hisoblanib, unda data science, sun’iy intellekt, frontend ishlab chiquvchi yo’nalishlari bo’yicha kurslar o’rgatiladi. Shuningdek dasturlash tiliga — Python, Java JavaScript, C++, Go (golang) ga doir darslar ham mavjud. Hozirda 8 ta butkemplar (dasturlashni intensiv o’rgatuvchi ta’lim lagerlari) bor bo’lib, ular 20 ta pulli va bepul kurslardan iborat.

Yetti oy ichida IT- kurslar onlayn platformasi 15 000 dan ortiq talabani va 25 nafar ustozlarni yig’a oldi.

O‘tgan yili loyiha “Pulse Group” O‘zbekiston-Turkiya kompaniyasining $500 000 miqdoridagi sarmoyasini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi va bu ularning IT-ta'limga kiritgan ilk sarmoyasi bo‘ldi.

Jamoamiz bu bilan cheklanib qolmoqchi emas. 2023-yilgacha Kaliforniya universiteti akkreditatsiyasi ostida onlayn OTM ochish niyatida.

Mohirdev ta’sischilaridan biri Spot’ga jamoa qanday qilib platforma yaratgani, qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va loyihaning boshqa raqiblari borligi haqida gapirib berdi.


G’oya qanday paydo bo’ldi

Barchasi ijtimoiy loyiha shaklida boshlangan edi. O’sha paytda karantin avj olgan, men ham boshqalar kabi masofaviy ishlayotgan edim.

Uydan turib dars berish jarayonida informatsion xavfsizlikka doir darslarni o’zbek tilida yozib olib Youtube’ga joylash fikri keldi.

Ishga akademik yondashdim — video darslardan tashqari mustaqil o’rganish uchun ma’lumotlar ham joylab bordim, kodlar bilan bo’lishdim, uyga vazifalar tayyorladim.

Vaqt o’tishi bilan xuddi shunaqa darslarni izlab yurganlar topildi.

Bu O’zbekistonlik bolalar — Мuhammad Xalil, Мuhammadjavohir Suratov и Ulug’bek Samig’jonov edilar. Ular uzoq vaqtdan beri dasturlash bilan shug’ullanishar va parallel ravishda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu bo’yicha blog yuritishar edi.

O’shanda men platforma yaratish haqida o’yladim. Shunday qilib, biz birgalikda uni ishlab chiqish xarajatlarini hisoblashni boshladik. Taxminan $50 mingga to’g’ri kelar edi. 2020-yil dekabr oyining boshiga kelib biz ishga kirishdik.

Ishlab chiqishning o’ziga atigi 3 kun ketdi. Ammo kerakli kontent va o’qituvchi topish uchun bir necha oylar kerak bo’ldi.


Foto: Shaxsiy arxiv

Shuning uchun ochilish marosimi 2021-yilning iyul oyida onlayn konferensiya shaklida bo’lib o’tdi.

Investitsiya qanday jalb qilindi

Loyihani yo’lga qo;yishimizdan bizga bizga investor jalb qilish uchun loyiha hali “pishmagan” deyishdi. Shu maqsadda noyabr oyiga qadar biz faol ish yuritdik.

Investitsiyalarni olishdan oldin, hammuassislardan biri Muhammad Xalil dastlabki xarajatlarni o’z zimmasiga oldi. Aslida, bu dizayn, xosting, domen va LMS (Learning-Management System) platformasiga pulli obuna bo’lishga sarflangan kichik xarajatlar edi.

Kuzda biz Seedstars bilan birgalikda The Financial Times startap tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirdik.

Afsuski, biz g’alaba qozona olmadik. Ammo biz “muvaffaqiyatli mashg‘ulotlar” yo‘nalishi bo‘yicha 4,5 ming jamoa orasidan saralangan eng yaxshi 30 nafar finalchilar qatoriga kirishga muvaffaq bo‘ldik.

Aynan shu yerda ular o’z vazifalarimi, ustuvor yo’nalishlarimiz va maqsadlarimizni qayta ko’rib chiqishga undadilar. Keyin biz loyihani rivojlantirgan holda investitsiyalarsiz ham foyda ko’rishimiz mumkinligini tushundik.

Tanlovda qatnashganimizdan so‘ng turli investorlar va venchur fondlardan so‘rovlar kela boshladik. Biz bir necha bor loyihani potensial hamkorga taqdim etdik. Ammo rad etishga majbur bo’lganlarimiz ham bor edi.

Ko’pincha bu investitsiyalar mohiyatini umuman tushunmaydigan mahalliy tadbirkorlar bo’lib, ularning aksariyati kredit taklif qilgan.

Dekabr oyida jamoa IT Park tomonidan tashkil etilgan “Open Data Challenge 2021” xakatonida g‘olib chiqdi.


Open Data Challenge 2021 da jamoaning taqdirlanishi. Foto: Shaxsiy arxiv

Taqdirlash marosimi uchun men Toshkentga uchdim va yo‘l Turkiya orqali o‘tgani uchun bir necha bor IT startaplariga qiziqqan eski tanishim yodimga tushdi.

Loyiha taqdimoti unga yoqdi va birozdan keyin bizni hozirgi hamkorlar — “Pulse Group” O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasiga olib keldi.

Rostini aytsam, hamma narsa shu qadar tez sur’atda bo’ldiki, ular tomonidan darhol hamkorlik taklifi ham bo’ldi. Kompaniya tarixini o‘rganib, hamkorlikka kelishib oldik.

Shu bilan birga, biz loyihaning barcha xarajatlarini Seedstars-dagi yutuq miqdori bilan tenglashtirdik — $500 mingva keyinchalik hamma narsani avvalgidek qoldirishga qaror qildik. Biz birinchi transh (mablag')ni yanvar oyining oxirida oldik.

Loyiha, raqamlar va jamoa haqida

Mohirdev nomi shunchaki kelib qolgan emas. Mohir o‘zbek tilida iste’dodli, Dev esa ishlab chiquvchi degan ma’noni anglatadi.

Bu bizning asosiy maqsadimiz — iqtidorli dasturchilar akademiyasini yaratishga moslashtirilgan.

Hozirda 8 ta butkemplar (dasturlashni intensiv o’rgatuvchi ta’lim lagerlari) bor bo’lib, ular 20 ta pulli va bepul kurslardan iborat.

Loyihaning o‘ziga xos jihati — “Mohir Hamjamiyat” ning mavjudligidir. Uning doirasida biz har hafta turli kompaniyalarning IT-mutaxassislari bilan onlayn uchrashuvlar tashkil qilamiz. Ular orasida Google, Anakonda yoki DHL muhandislari bor.

Shu bilan birga, ular orasida eng ommabop kurslar data sciance, sun’iy intellekt va front-end ishlab chiqishdir.

Yurgizish. Dastlabki mijozlarni biz bilan birga ishlaydigan dasturchi-blogerlar orqali topganmiz. Masalan, Saidbek Arislonov ning Youtubr kanalida 50 mingdan ortiq obunachi bor.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar platformani reklama qilish va ko’proq talabalarni o’qishga jalb qilish imkonini berdi.

Joriy yilda investitsiyaga ega bo’lganimiz uchun yurgizishga $100 ming sarflamoqchimiz.

Bugungi kunda 15 ming talaba tahsil olmoqda. Ammo yil oxirigacha maqsadli ko‘rsatkichlar bo‘yicha biz 50 mingga yaqin aholini pullik yo‘nalishlarga jalb etishni rejalashtirganmiz.

Butun loyiha qachon o’zini oqlashini aytish hali ham qiyin, ammo NPV ko’rsatkichi (investitsiya qilish natijasida investor pul ko’rinishida qancha daromad olishini aniqlaydi) allaqachon loyihaning foydali ekanligini ko’rsatadi.

Jamoa. Hozirda biz bilan yosh va serg’ayrat dasturchilar ishlamoqda.


Foto: Shaxsiy arxiv

Albatta, ishga qabul qilish ham qiyinchiliklardan holi emas. Kadrlar etishmasligi ko’p sohalarda bosh og’rig’i hisoblanadi. Ammo shunga qaramay, biz o’z sohasi bo’yicha mutaxassislar va professionallarni to’plashga muvaffaq bo’ldik.

O’qituvchilar bu bizning asosiy kuchimiz. Shuning uchun bugungi kunda biz tanlov mezonlarini o’zgartirish ustida faol ishlamoqdamiz. Buning uchun biz kontent menejerini yolladik.

Endi investitsiyalarni qabul qilib, to‘lovni kechiktirmaslik va belgilangan kelishuvlarga ko‘ra, Mohirdevning mulkiga ega bo‘lish imkonimiz borligidan ham xursandman.

Shuningdek, shartnomaga ko‘ra, har bir o‘qituvchi asosiy materialdan tashqari qo‘shimcha material tayyorlab, o‘quvchilar bilan yopiq guruhlarda ish olib borishi shart.

Bozor haqida

Karantin onlayn ta’limning rivojlanishiga hissa qo’shdi. Odamlar “uydan chiqmasdan” formatida ta’lim olish istiqbolini ko’rdilar. Ko’pchilik yangi ko’nikmalarni o’rganishga yoki hatto kasbini o’zgartirishga qaror qildi.

Qiyinchiliklar.Eng boshida texnik qiyinchiliklarga duch keldik. Masalan, O‘zbekistonda to‘lov tizimlaridan biri yordamida onlayn kursni bo‘lib-bo‘lib sotish mumkin emas.

Shuning uchun talabalar har oy kurslar uchun to’liq to’lashga majbur.


Foto: Shaxsiy arxiv

Boshida bizda gonorar uchun byudjet yo’q edi, biz birinchi savdo natijalariga ko’ra komissiya o’tkazishga kelishib oldik. Bu bilan kechikmaslik uchun kontent yarim tayyor bo’lganda sotuvni ochishga qaror qildik.

Ba’zi o’qituvchilar ishni tugatmasdan loyihadan voz kechishgan, ba’zilari esa hech qanday tushuntirishsiz g’oyib bo’lishgan. Biz bir nechta talabalar bilan muzokara qilganmiz va pullarni qaytarganmiz.

Raqobat. O‘zbekiston onlayn ta’lim bozorida bizdagidek yondashuv yo‘q. Albatta, oflayn markazlar mavjud, ammo ularning mavjudligiga qaramay, raqobat yo’q.

Haqiqatan ham, ular bilan solishtirganda, bizda kamroq xarajatlar bor, ya’ni o’qitish narxi pastroq. Demak, kurs narxi o‘rtacha 250 ming so‘mni tashkil qiladi.

Shu bilan birga, avvalgidek, ko’plab to’liq kurslar bepul qolmoqda. Ta’lim oflayn bo’lgan markazlarda esa ularning narxi 3 million so’mdan boshlanadi.

Shaxsan men dasturlash asoslari bo’yicha kursni o’rgataman. U 50 ta ma’ruzadan iborat bo’lib, bu taxminan uch oylik bepul ta’limdir. Asosiy bilim va ko‘nikmalarni olgandan so‘ng, talabalar ushbu yo‘nalishga qanchalik qiziqishlarini tushunishlari va to‘lov asosida o‘qishni davom ettirishga qaror qilishlari mumkin.

Rejalar

Yaqin kelajakda tashqi bozorga chiqishni rejalashtirganmiz. Hozircha biz Markaziy Osiyo mamlakatlarida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapmiz.

Shu bilan birga, ta’limning yangi tillari haqida o’ylash kerak bo’ladi. Masalan, hozir barcha ma’ruzalar faqat o‘zbek tilida bo‘lsa, u kengaygani sari rus va qozoq tillarida videodarslar paydo bo‘ladi.

Iyul oyigacha biz o’quv mashg’ulotlari sonini 8 tadan 12 taga, yil oxiriga kelib esa 20 taga yetkazishni kutmoqdamiz.

Shuningdek, iqtidorli bolalarni kelgusida ish bilan ta’minlash bo‘yicha ham dastur ishlab chiqiladi.

Shuning uchun, endi bizning barcha harakatlarimiz B2B muzokaralariga ketadi. Biz kengaymoqdamiz va jamoamizga dasturchi va o’qituvchilarni yig’moqdamiz. Biz haqimizda ko’proq odamlar o’rganmoqda. Masalan, Botir Arifjonov o‘z akademiyasi ishi doirasida hamkorlik qilishni taklif qilgan.


Встреча с Ботиром Арифжановым. Foto: Shaxsiy arxiv

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi platformani ta’lim tizimiga ulashni taklif qildi.

Ammo bizning rejalarimizdagi eng muhim narsa onlayn universitet ochishdir. Buning uchun biz allaqachon Kaliforniya universiteti Vulf universiteti bilan muzokaralar olib bormoqdamiz.

Ular bizni akkreditatsiya qilishlari mumkin, ammo buning uchun bir qator qat’iy talablarga javob berish muhimdir. Misol uchun, barcha o’qituvchilar magistr darajasiga ega bo’lishi kerak, kamida ikkita fan nomzodi bo’lishi kerak va o’qituvchilarning 20% dan ortig’i face-to- face formatida dars o’tishlari kerak bo’ladi.