AnTuTu benchmark yaratuvchilari 2022-yil yanvar oyining eng yaxshi 10 ta smartfonini maʼlum qilishdi.

Unda ham Master Lu benchmark talqiniga koʻra reytingda yetakchilik qilgan modellar — iQOO 8 Pro va iQOO 9 yuqori oʻrinlarni egallashdi.

Bu gadjetlar SoC Snapdragon 8 Gen 1 asosida yaratilgan va ularning premyerasi Xitoy bozorida yanvar oyi boshida boʻlib oʻtgan. Hozirda bu smartfonlar Xitoydan boshqa joyda sotilmayapti.

Uchinchi pogʻonani yana bir Xitoy flagmani Realme GT2 Pro band etdi. Xiaomi 12 Pro va OnePlus 10 Pro mos ravishda toʻrtinchi va beshinchi oʻringa joylashdi. Snapdragon 8 Gen 1 asosida ishlab chiqarilgan birinchi flagman smartfoni Moto Edge X30 AnTuTu reytingida atigi oltinchi oʻrinni oldi. Yettinchi oʻrin esa Xiaomi 12 ga nasib qildi.

Top-10 talikni SoC Snapdragon 888 Plus devaysdagi Black Shark 4S Pro, Nubia Red Magic 6S Pro va iQOO 8 Pro yakunlab berdi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston Xitoydan $102,4 millionlik mobil telefon import qilganligi haqida yozgan edi.