Isroil hukumati 1-martdan emlangan va emlanmagan sayyohlarga tashrif buyurish uchun ruxsat beradi. Mamlakatga kelmoqchi bo’lgan, ammo emlanmaganlar ikkita virusni inkor etuvchi testdan o’tishlari kerak.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri devoniga tayanib, “РИА Новости” xabar berdi. Yanvar oyida emlangan (jumladan, Sputnik V bilan ham) har bir kishiga Isroilga kelishga ruxsat berilgan edi.

Xabar qilinishicha, Isroil Bosh vaziri Naftali Bennet va Sog‘liqni saqlash vaziri Nitzan Xorovits koronavirus cheklovlarini yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Bayonotda aytilishicha, mart boshlab har qanday yoshdagi, emlangan va emlanmagan sayyohlarga ikkita “ПЦР” testidan o‘tgan holda kirishga ruxsat beriladi: jo‘nab ketishdan oldin va Isroilga qo‘ngandan keyin.