“Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Hukumat qarori (78-son, 21.02.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-apreldan “UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomototransportni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan shaxsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma'lumotni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Mazkur tartib orqali avtomobil sotib olishda haqqoniy xaridorlarga ustuvorlik beriladi. Ya’ni, fuqarolarning avtomototransport sotib olish uchun olgan shartnomalarini boshqa shaxslarga sotishining oldi olinadi. Shartnoma kimning nomiga rasmiylashtirilib Yo‘l harakati xizmati bazasiga kiritilgan bo‘lsa, avtotransport o‘sha shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.