Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Keyingi oʻrinlarda $392,6 mln lik import mahsulot olib kirgan Rossiya va $211 mln lik koʻrsatkich qayd etgan Koreya Respublikasi bormoqda:

  • Xitoy — $463,8 mln
  • Rossiya — $392,6 mln
  • Koreya R. — $211 mln
  • Qozogʻiston — $205,8 mln
  • Turkiya — $144,5 mln
  • Hindiston — $42,9 mln
  • Braziliya — $41,2 mln
  • Germaniya — $39,5 mln
  • Ukraina — $35,6 mln
  • Litva — $32,7 mln.

Bundan tashqari, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar nomi ham maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, ular orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda:

  • Rossiya — $180,7 mln
  • Xitoy — $157,1 mln
  • Turkiya — $121,6 mln
  • Qozogʻiston — $60,9 mln
  • Qirgʻiz R. — $51,3 mln
  • Afgʻoniston — $37,6 mln
  • Tojikiston — $32,9 mln
  • Ukraina — $13,3 mln
  • Eron — $12,7 mln
  • BAA — $9,2 mln.

Tashqi savdo aylanmasi

Avvalroq, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $3,5 mlrd ga teng boʻlganligi aytilgandi. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $1,4 mlrd ni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar — $1,2 mlrd, xizmatlar — $176,5 mln.

Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi $2,1 mlrd ga teng boʻldi. Bunda: mahsulotlar — $1,9 mlrd, xizmatlar — 147,1 mln ga borgan.