Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $3,5 mlrd.ga teng boʻldi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $1,4 mlrd.ni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar — $1,2 mlrd, xizmatlar — $176,5 mln.

Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi $2,1 mlrd.ga teng boʻldi. Bunda: mahsulotlar — $1,9 mlrd, xizmatlar — 147,1 mln.ga borgan.

Ma’lumot uchu, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $42,1 mlrd.ga teng boʻlgandi.

Avvalroq Spot ayrim turdagi tovarlarni Oʻzbekistonga olib kirishda import boji bekor qilinganligi haqida yozgan edi.