Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi $42,1 mlrd ga teng boʻldi.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $16,6 mlrd ni tashkil qildi. Bunda: mahsulotlar — $14,1 mlrd, xizmatlar — 2,5 mlrd.

Shuningdek, savdo aylanmasida import hajmi $25,5 mlrd ga teng boʻldi. Bunda: mahsulotlar — $23,7 mlrd, xizmatlar — $1,8 mlrd.

Avvalroq, qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar haqida maʼlum qilingandi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 13 289 tani, shundan qoʻshma korxonalar 5 988 ta va xorijiy korxonalar 7 301 tani tashkil etmoqda.

2022-yilning 1-yanvar holatiga xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha sonida sanoat (4 076 ta korxona) yetakchilik qilmoqda.