“Uzbekistan Airways” Navroʻz bayrami munosabati bilan chegirmalar eʼlon qildi. Qayd etilishicha, 2022-yil 19-martdan 23-martgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha tariflari aviachiptalariga 50% chegirma beriladi.

“Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Spot “Toshkent — Boku — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar qayta tiklanayotgani haqida yozgan edi.