“Oʻztransgaz” axborot xizmati xabar berishicha, respublikada kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sababli vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari faoliyati soat 18:00 dan vaqtincha toʻxtatiladi.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari 18-mart soat 18:00 dan 19-mart soat 06:00 gacha faoliyatini toʻxtatadi.

“Respublikamizda kuzatilayotgan sovuq va nam ob-havo sharoitida aholi, isteʼmolchilar va ijtimoiy soha obyektlari, strategik ahamiyatga ega boʻlgan korxonalarni uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash birlamchi vazifa sanaladi.” — deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqqan holda, Fargʻona vodiysidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va strategik ahamiyatga ega obyektlarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida avtomobillarga gaz quyish vaqtincha toʻxtatiladi.

Avvalroq Spot Oʻzbekiston Iroqdan 3,6 mln litr benzin import qilganligi haqida yozgan edi.