Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda Oʻzbekistonga qiymati $136,6 mln ga teng boʻlgan 341,5 mln litr avtomobil benzini import qilingan.
Benzini importi 2020-yil bilan solishtirilganda 97,3 mln litrga oshgan.
Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda:
- Rossiya — 172,5 mln litr
- Turkmaniston — 147,8 mln litr
- Qozogʻiston — 16 mln litr
- Iroq — 3,6 mln litr
- Eron — 1,8 mln litr
Avvalroq Spot AI-80 markali benzinning birjadagi narxi 6,3% ga arzonlashgani haqida yozgan edi.