Korporativ taksi servisi asta-sekin nafaqat xizmat safarlari uchun vosita, balki xodimlarga g‘amxo‘rlik qilishning bir qismiga ham aylanmoqda. Biznes uchun bu transport jarayonlarini soddalashtirish, xarajatlarni nazorat qilish hamda HR, buxgalteriya va administratorlar zimmasidagi qo‘lda bajariladigan ishlarning bir qismini kamaytirish imkoniyati. Xodimlar uchun esa uchrashuvga, ofislar o‘rtasida yoki ish kunidan so‘ng uyga qulay yetib olish usuli.
Bugungi kunda har oy 1700 ga yaqin kompaniya biznes uchun Yandex Go servisidan foydalanadi. Servis yordamida har hafta 40 mingdan ortiq xizmat safari amalga oshiriladi. Shu bilan birga, korporativ safarlar soni o‘tgan yilga nisbatan qariyb 50% ga oshgan.
Ish uchrashuvlaridan uyga qaytishgacha
Korporativ taksi kompaniyalarga turli kundalik vazifalarni hal qilishda yordam beradi: xodimlar undan ish uchrashuvlari, xizmat safarlari, filiallar va ofislar o‘rtasida harakatlanish uchun foydalanadi. Ish kunidan keyingi safarlar ham alohida o‘rin tutadi, ayniqsa xodim uyiga xavfsiz va qulay yetib olishi kerak bo‘lgan holatlarda.
Biznes uchun bu qo‘shimcha imtiyozga aylanmoqda: servis hamkorlari ma’lumotlariga ko‘ra, har 10 ta kompaniyaning 9 tasi biznes uchun Yandex Go servisidan xodimlar uchun imtiyoz sifatida foydalanadi. Ya’ni servis nafaqat operatsion vazifalarni hal qilishga yordam beradi, balki jamoaga g‘amxo‘rlik qilishning bir qismiga ham aylanadi.
Bugungi kunda korporativ taksidan, ayniqsa, ulgurji va chakana savdo hamda ishlab chiqarish kompaniyalari, shuningdek, IT sohasi, bank sektori, restoran biznesi va riteyl vakillari faol foydalanmoqda.
Kamroq qo‘lda bajariladigan ish — ko‘proq nazorat
Kompaniya uchun korporativ taksi transport jarayonlarini optimallashtirish usuli hamdir. Servis ma’lumotlariga ko‘ra, undan korporativ safarlar uchun foydalanish transport xarajatlarini taxminan uchdan bir qismga, qo‘lda bajariladigan ishlar hajmini esa uchdan ikki qismga qisqartirish imkonini beradi.
Safarlarni mustaqil tashkil etish va ular bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish o‘rniga kompaniya butun jarayonni bir joyda boshqarish uchun vositalarga ega bo‘ladi. Eng ko‘p talab qilinadigan funksiyalar qatoriga limit belgilash, hisobotlar, korporativ balans, safarlarni boshqarish va yopuvchi hujjatlar kiradi.
Shaxsiy avtoparkdan yanada moslashuvchan modelga
Bunga Toshkent shahridagi Akkermann Cement kompaniyasi misol bo‘la oladi. Avval kompaniya o‘z avtoparkidan foydalangan. Biznes uchun Yandex Go servisiga o‘tgach, kompaniya transport xarajatlarini ikki barobar qisqartirishga, shuningdek, xodimlarning ish vaqtidagi safarlarini yaxshiroq nazorat qilish imkoniga ega bo‘ldi.
Shunday qilib, korporativ mobillik bir vaqtning o‘zida ham HR-imtiyoz, ham biznes vositasiga aylanmoqda: xodimlarga ish va shaxsiy transport bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish osonlashadi, kompaniya esa safarlarni nazorat qilish, xarajatlarni optimallashtirish va ma’muriy yuklamani kamaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
Reklama huquqlari asosida.


