Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida 36,1% bilan Qozogʻiston yetakchilik qilmoqda:

Ushbu koʻrsatkich quyidagicha koʻrinishga ega:

  • Qozogʻiston — 36,1%
  • Rossiya — 25,6%;
  • Braziliya — 12,4%;
  • Belarus — 4,4%;
  • Pokiston — 3,6%;
  • boshqa davlatlar — 17,9%.

Shuningdek, qoʻmita 2022-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymatini ham maʼlum qildi:

  • bugʻdoy — $113,1 mln;
  • shakarqamish — $59,6 mln;
  • margarin mahsulotlari — $52,1 mln;
  • qoramol goʻshti — $26,5 mln;
  • oʻsimlik yogʻi — $22,5 mln;
  • kartoshka — $21 mln;
  • kakao va shokolad — $19,6 mln;
  • bugʻdoy uni — $16,4 mln;
  • banan — $11,5 mln;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari — $10,1 mln;
  • sut mahsulotlari — $8,7 mln;
  • choy — $7,4 mln;
  • parranda goʻshti — $7,2 mln;
  • mandarin — $5,9 mln;
  • makkajoʻxori — $5,7 mln;
  • qahva — $5,1 mln.

Avvalroq Oʻzbekistonga “inomarka"lar asosan qayerdan import qilinayotgani maʼlum qilingandi.