Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilayotgani haqida maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar orasida 3 436 ta avtomobil bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Toʻliq roʻyxat quyidagicha:
- Xitoy — 3 436 ta
- J.Koreya — 1 512 ta
- Qozogʻiston — 502 ta
- Rossiya — 431 ta
- AQSh — 19 ta
- Yaponiya — 15 ta
- Germaniya — 9 ta
- Gonkong — 5 ta
- Turkiya — 4 ta
Qoʻmitaga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati $124,5 mln ga teng boʻlgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.
Avvalroq Spot UzAuto Motors kompaniyasi Livanga “Spark” avtomobillarining birinchi partiyasini joʻnatganligi haqida yozgan edi.