Rossiya restоratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi oʻzbek meva-sabzavot va vinosiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti"ga tashkilot rahbari Igor Buxarov maʼlum qildi.

Tadbirkor Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov bilan oʻzbekistonlik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni muhokama qildi. Rossiya restoranlari va mehmonxonalari toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berishni tashkil qilishni xohlashadi.

— Sabzavot, meva, yongʻoqlarga qiziqamiz, — deydi Buxarov. “Oʻzbekistonda butun boshli agrosanoat klasterlari mavjud. Yengil sanoat klasterlari ham mavjud boʻlib, ular paxtadan zigʻir toʻqishadi, mehmonxona va restoranlar uchun toʻqimachilik mahsulotlari tikadilar”.

Oʻzbekiston vino zavodlari ham oʻz mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etishga tayyor. Bungacha oʻzbek mahsulotlari faqat bozorlarga yetkazilar edi, mehmonxonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik boʻlmagan, deya qoʻshimcha qildi u.

Tomonlar may oyida Rossiya restoran va mehmonxona sanoati vakillari, yetkazib beruvchilar va xaridorlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazishga kelishib oldilar.

“Biz u yerga restavratorlarni taklif qilamiz, shunda ular hamma narsani sinab koʻrishlari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishlari mumkin”, — dedi Igor Buxarov.

Avvalroq Spot meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibiga oʻzgartirish kiritilgani haqida yozgan edi.