Azizbek Umaraliyev— tadbirkor, “Space Marketing” agentligi va “Space Academy” ta’lim loyihasining asoschisi.

Uning faoliyati 2014-yilda o’z oilaviy biznesda ish boshlagan. Dastlab, “Samsung” brendining O’zbekistondagi hamkor kompaniyasida, keyin uy jihozlari fabrikasi va elektronika jihozlarini ishlab chiqaruvchi korxonada faoliyat yuritgan. Biznes jarayonining tuzilishini yaxshiroq tushunish va uning mexanizmlarini har bir bosqichda o’rganish uchun kompaniyamizning ichki iyerarxiyasidagi barcha bosqichlarni bosib o’tgan.

Aynan o’sha paytda marketingga qiziqish uyg’ondi.

“2014−2015-yillarda SMM, brending va marketing konsepsiyasi hozirgidek ommalashmagan va u haqida ma’lumot kam edi, shuning uchun bilimni oz-ozdan to’plab, chet ellik mutaxassislardan o’rganishim kerak edi. 2017-yilgacha ikkita oilaviy brend — “Viva Deluxe” (uy jihozlarini ishlab chiqarish) va “Konig Electronics” (elektronika jihozlari) bilan faol shug’ullandim.

Sahifalarni o’zim yuritardim, rasmlarga olardim, dizayn ustida ishlardim, savollarga javob berardim. Bu juda qiziqarli va yangi yo’nalish edi, chunki odatda, hamma faqat oflayn formatda sotishga odatlangan — xaridor keladi, ko’radi, o’ylaydi va sotib oladi", deya aytib o’tdi tadbirkor.


O’zimga nima bilan shug’ullanishni istashim haqida savol berdim. Savolimga javobni yaqin do’stimdan maslahat sifatida oldim. U marketing va brendingga bo’lgan ilgarigi qiziqishimni eslatdi. Shu tariqa “Space” — to’liq spektrli marketing agentligi paydo bo’ldi. Muvaffaqiyatga erishish yo’li oson emas edi: biz haqiqatan ham loyihani noldan boshladik.

Agar dastlab 2018-yilda shahar chetida kichik ofisim va jamoada bitta mutaxassisim bo’lgan bo’lsa, endilikda 3 yildan so’ng biz sezilarli darajada o’sganimiz bilan maqtanishimiz mumkin: hozir jamoada 40 ga yaqin xodimlar bor, Toshkentning markazida joylashgan keng ofisda ish yuritamiz, shuningdek, biz bir vaqtning o’zida 35 dan ortiq loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.

Faoliyatimiz davomida biz turli xil sohalarda va har xil ko’lamdagi 200 dan ortiq kompaniyalar: kichik korxonalardan tortib, eng yirik holdinglargacha hamkorlik qilish baxtiga muyassar bo’ldik.

O’zim uchun shuni angladimki, olg’a yurish va olgan bilimlarimni bo’lishish vaqti keldi. Aynan shu fikrim Akademiyani yaratish g’oyasiga turtki bo’ldi. Men hozir ushbu yangi loyihani rivojlantirish bilan bandman, dastlab onlayn-formatda kursni yo’lga qo’ygan edik, bir necha oy o’tib biz oflayn darslarni o’tkazish uchun qulay ofis, bir necha xil kurslar va 2 tilda ta’lim berish kabilarga ega bo’ldik.

Shunda onlayn olamni o’zimga kashf etdim — unda ko’p harakat talab etilmaydi: divanni sotuvga qo’ydik, ertasiga esa sotdik. Bu ishning potensiali katta: ko’plab odamlar bilan bog’lanish, mahsulotni tanitish, savdoni yaxshilash mumkin.

Shaxsiy arxivdan

Yana shuni aytib o’tmoqchimanki, o’sha paytda mijoz sifatida marketing agentliklari juda kamligini angladim: ular yoki juda qimmat va sifatli ishlaydi, yoki juda arzon va ko’r-ko'rona faoliyat olib boradi. Kichik va o’rta biznes uchun o’rtacha yechim yo’q edi.

Ozgina vaqt o’tgach, oilaviy biznesni tark etib, o’zligimni qidirishni boshladim. Har xil sohalarda o’zimni sinab ko’rdim, juda ko’p biznes g’oyalarim bor edi va hatto bir paytlar do’stim bilan santexnika va hovuz qurish sohasida ishlashga ham muvaffaq bo’ldim. Hammasi yaxshi ketayotgandi, lekin ozgina vaqt o’tib do’stim, pulim, vaqtim va umuman, ma’lum darajada odamlarga bo’lgan ishonchimdan mahrum bo’ldim. Bu taqdirning qaqshatqich zarbasi bo’ldi va hayotimdagi hamma narsani o’zgartirib yubordi.

Har bir xato ortidan biz qanday ish tutish kerak emasligi borasida qimmatli tajriba va bilim orttiramiz.

1. Do’stim bilan biznes qurishni boshladim va unga ishondim. Ishoning, tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan insonning eng noto’g’ri qarori — bu yaqin do’sti bilan biznes boshlashdir. Esingizda bo’lsin, do’st biznes hamkor bo’la olmaydi, lekin biznes hamkor sizga do’st bo’lishi mumkin.

2. Biznesimni ertaroq boshlamadim. Gap afsuslanishda emas, lekin hozir bir g’oya paydo bo’lishi bilanoq, uning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qilib, harakatni boshlayman. Har bir bosilgan va bosilmagan qadamning o’z oqibati bo’ladi.

3. Shartnomasiz faqat quruq so’zga ishongan holda ishlaganman. Shartnomalar mavzusi men uchun birinchi marta meni “tushirib” ketishganidayoq dolzarb mavzuga aylangan. Men chinakam erkaklarga xos qadriyatlar asosida tarbiyalangan inson sifatida erkakning so’zi, u qo’l berib qilgan kelishuv har qanday hujjatdan ishonchli deb o’ylardim.

Shaxsiy arxivdan

Ammo ma’lum bo’lishicha, hamma ham bunday o’ylamas ekan. Ishni endi boshlaganimda shunday holat bo’lgan edi: men og’zaki tarzda kelishuv qildim va majburiyatlarimning bir qismini bajardim, ammo xizmat uchun menga pul to’lashmadi. Men hech narsani aniqlashtirishni istamadim, faqat o’zim uchun xulosalar chiqardim. O’shandan beri men faqat shartnoma va oldindan to’lov amalga oshirilsagina hamkorlikda ishlayman.

Men buni faoliyatini endigina boshlagan barcha biznesmenlarga tavsiya qilaman. Xatolarimdan xulosa chiqaring.

Shuningdek, bunday holatlarga duch kelmaslik uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish, qonunchilik, soliq, buxgalteriya hisobi va hokazolarni bilish juda muhimligini ham anglab yetdim. Aks holda, biznesingiz faoliyati uzoqqa cho’zilmaydi.