2022- yilning 1- aprel holatiga respublikada jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 064 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 107,6 foizga oshgan.

Mamlakatda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 17,0 foiz (542 672 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 91 969 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:

  • Toshkent shahri — 16 025 ta
  • Farg‘ona viloyati — 10 056 ta
  • Andijon viloyati — 9 512 ta
  • Toshkent viloyati — 9 308 ta
  • Samarqand viloyati — 8 239 ta
  • Namangan viloyati — 7 250 ta
  • Qashqadaryo viloyati — 4 871 ta
  • Buxoro viloyati — 4 870 ta
  • Surxondaryo viloyati — 4 682 ta
  • Xorazm viloyati — 4 361 ta
  • Jizzax viloyati — 3 784 ta
  • Navoiy viloyati — 3 710 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. — 3 219 ta
  • Sirdaryo viloyati — 2 177 ta