️Jamiyatda ayollar va erkaklarning teng huquqliligini ta’minlash, ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, bepul huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasi ishga tushirildi.
Platforma orqali quyidagi yoʻnalishlarda huquqiy yordam olishi mumkin:
- Gender tenglik;
- Ayollar huquqiy himoyasi;
- Ayollarga imtiyozlar;
- Oilaviy munosabatlar;
- Oilaviy zoʻravonlik;
- Xalqaro standartlar;
- Gender tengligiga erishish strategiyasi;
- Ayollar uchun ijtimoiy himoya daftarlari;
- Ona va bola salomatligini muhofaza qilish.
️Platformadagi ma’lumotlar sodda, xalqchil tilda bayon etilgan boʻlib, bu huquqiy maslahatlar har bir ayol uchun kundalik hayotida dastak boʻlib xizmat qiladi.
Eng asosiysi, platformada qayta aloqa yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Siz oʻz savollaringizga malakali huquqshunoslardan onlayn javob va maslahat olishingiz mumkin.