Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022 y.) bilan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
️ Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.
Nizomga ko‘ra, DXSH to‘g‘risidagi bitim DXSH loyihalarining reyestriga kiritilganidan so‘ng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
️ Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qo‘shimcha o‘rganish uchun — 10 ish kuni ichida) o‘rganib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida o‘rganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.
Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablag‘larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.
️Ma'lumot uchun: 2022−2025 yillarda respublika bo‘yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etish nazarda tutilgan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxona qurish uchun subsidiya beriladi
Nizomga ko‘ra, subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 600
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 16:00 Iqtisodiyot
Hafta yakuni: ishdan olingan soliqchilar, O‘zbekneftgazdagi taftish hamda bir yilgacha “kuymaydigan” SIM-kartalar
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
Bugun, 13:17 Energetika
2-fevraldan metan “zapravka"lar faoliyati tiklanadi
AGTKSHlar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.
Kecha, 20:00 Intervyu
Xorijda ta’lim: AQSHda grant asosida ta’lim olayotgan Azizjon Rahimov hikoyasi
Azizjon Rahimov Spot’ga ta’lim jarayoni, grant dasturlari, “sehrli” mamlakat ortidagi hayot, ta’lim tizimi hamda yashash imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 18:50 Iqtisodiyot
Jizzaxdagi Arnasoy aeroporti kengaytirilib, 6 ta hudda turizm majmualari quriladi
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona aglomeratsiya hududi sifatida rivojlantiriladi.
Kecha, 17:14 Biznes
Toshkentdagi Aviator savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Tafsilotlar
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, yong‘in qisqa fursatda qurshab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Kecha, 14:11 Transport
“Hammaga yetkaza olmaymiz” — UzAirways raisi talabalarga beriladigan chegirmalar haqida
Shuhrat Xudayqulovga ko‘ra, bozorda raqobat va reyslar soni cheklangani sababli barcha talabalarni chegirmali aviachiptalar bilan ta’minlash imkoniyati kam.
Kecha, 10:36 Iqtisodiyot
Xitoydan mandarin va ananas importiga 5-fevralgacha ruxsat beriladi — Karantin agentligi
Mandarin va ananas partiyalarida zararkunandalar aniqlanganiga qaramay, 5-fevralgacha fitosanitar sertifikat asosidagi yuklar uchun import karantin ruxsatnomalari rasmiylashtiriladi.
Kecha, 09:26 Transport
Qizil stikerli avtomobillarning shaharga kirishi cheklanmagan — YHXX
Hozirda qizil yoki sariq rangli ekologik stikerga ega transport vositalarining shaharlarga kirishi va harakatlanishi bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.
