Rossiya banki pul oʻtkazmalari boʻyicha cheklovlarni yana yumshatdi. Regulyator veb-saytiga koʻra, jismoniy shaxslar chet eldagi bank hisobvaragʻidan oyiga $50 minggacha pul oʻtkazishlari mumkin.

Bungacha oylik maksimal miqdor $10 mingni, 1-aprelgacha esa 5 mingni tashkil qilgan. Hisobni ochmasdan xizmatlar orqali pul oʻtkazmalari uchun limit oʻzgarishsiz qoldi (oyiga $ ming).

Jarayon Rossiya rezidentlari va “doʻstona” munosabatda boʻlgan mamlakatlarning norezidentlari uchun amal qiladi. Agar ular mamlakatda ishlayotgan boʻlsa, chegaradan tashqari, oʻz ish haqi miqdorini ham chet elga oʻtkazishi mumkin.

Rossiyada ishlayotgan “doʻstona” munosabatda boʻlmagan mamlakatlar fuqarolari endi oʻz maoshi yoki daromadiga teng miqdorda (ilgari bank hisobvaragʻidan $10 ming yoki transfer xizmatlari orqali $5 mingdan koʻp boʻlmagan) pul joʻnatishlari mumkin.

“Doʻstona” munosabatda boʻlmagan mamlakatlar kompaniyalari, shuningdek, ularning Rossiyada ishlamaydigan fuqarolari uchun pul oʻtkazmalarini taqiqlash oʻz kuchida qoladi.