Joriy yilning 24-may kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida Texnik-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.Voitov va Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Szyan Yan tomonidan imzolandi.
Bitim Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 250 mln. yuan (37,5 mln. dollar) miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Bugungi kungacha ikki mamlakat oʻrtasidagi texnik-iqtisodiy hamkorlik doirasida sogʻliqni saqlash, ta’lim, qishloq va suv xoʻjaligi, madaniyat, transport va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirildi.
25 may 2022, 12:00
Iqtisodiyot
Xitoy hukumati Oʻzbekistonga 37,5 mln dollar miqdorida begʻaraz yordam koʻrsatadi
Mablag’lar ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yo’naltiriladi
Foto: mift.uz
- 699
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:55 Biznes
Toshkentda bekatlardagi savdo do‘konlari buzilishida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish taklif qilindi
NNTlar tadbirkorlarga kompensatsiya to‘lash tartibini birgalikda ishlab chiqishga chaqirmoqda.
Kecha, 19:23 Iqtisodiyot
Toshkent yomon transport tizimi tufayli yiliga $343 mln yo‘qotmoqda
Muammolar orasida tengsizlikning o‘sishi, avariyalar, tirbandliklar, ekologik muammolar va jamoat transporti jozibadorligining pastligi bor.
Kecha, 18:11 Transport
1
“Yomg‘ir va qorda ham ishlaydi”: Qamchiq dovonidan o‘tuvchi $3,66 mlrdlik pulli yo‘l haqida nimalar ma’lum?
Loyihaga Fransiya, Turkiya va Xitoy kompaniyalari qiziqish bildirmoqda. Tender jarayonlari yakunlanmoqda.
Kecha, 15:19 Biznes
“Qonun loyihasi tayyor”. O‘zbekistonda norasmiy bandlik uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda
Bandlik vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi ish beruvchilarga nisbatan javobgarlik choralarini nazarda tutadi, hujjatni Qonunchilik palatasiga kiritish ko‘zda tutilgan.
Kecha, 10:57 Energetika
Bugun metan “zapravka"lar qaysi vaqtda ishlashi ma’lum qilindi
14-mart kuni AGTKSHlar soat 12:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi. Farg‘ona vodiysidagi shoxobchalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Kecha, 10:18 Transport
Toshkentda avtobus yo‘laklari to‘siqlar bilan ajratiladi
Bu orqali A tasmali yo‘laklar aniq belgilanib, boshqa avtomobillarning unda harakatlanishining oldi olinadi.
Kecha, 09:33 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 18 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
13 mart 2026, 20:00 Biznes
Toshkentda peshlavhalarga qarshi reydlar biznesga qanday ta’sir qildi?
Spot peshlavhalari demontaj qilingan bir qator tadbirkorlar bilan suhbatlashib, reydlar qanday o‘tgani, ularga oldindan rasmiy ogohlantirish berilgan-berilmagani hamda hokimiyat vakillari peshlavhalarni joylashtirish tartibi bo‘yicha qanday tushuntirishlar berganini o‘rgandi.